ⓘ Pachkamar gaz-kondensat koni - Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi kon. Dehqonobod va Guzor shaharlari oraligida joylashgan. Kon may-doni ortacha balandl ..

                                     

ⓘ Pachkamar gaz-kondensat koni

Pachkamar gaz-kondensat koni - Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi kon. Dehqonobod va Guzor shaharlari oraligida joylashgan. Kon may-doni ortacha balandlikdagi tog relyefidan iborat bolib, balandligi 700–800 m. Pachkamar strukturasi 1952 yilda 1:25000 masshtabdagi strukturaviy-geologik syomka natijasida aniklangan va 1973 yilda dastlabki parametrik quduq qazilgan. 1974 yilda quduq sinab korilganda yuqori yura davrining karbonatli yotqiziqarida sanoat ahamiyatidagi gaz uyumi borligi malum boldi. 1973 yildan 1978 yilgacha 6 burgi qudugi qazilgan. Qudukdarning ortacha chuq. 1919–2210 m. 6 qudukdan faqat bittasi - parametrik quduq gazlilik chega-rasi ichida, qolgan 5 tasi gazlilik che-garasidan tashqarida joylashgan. Konning geologik tuzilishida yura, bor, paleogen, neogen va tortlamchi davr yot-qiziklari ishtirok etadi.

Tektonik jihatdan Pachkamar strukturasi Qaroillangar antiklinalining jan sharqiy qanotida, u ham oz navbatida Boysun megaantiklinalining shim garbiy chekkasida joylashgan. Pachkamar burmasi shim sharqiy yonalishda chozilgan braxiantiklinaldan iborat, uning olchami - 1300 m chuqurlikdagi berk izogips chizigi boylab 6.5x2.2 km, balandligi 200 m. Shim garbiy kanotning yotish burchagi 18 - 20°, jan sharqiysi 20 - 25°, periklinallariniki 3 - 10°. Burmaning shim garbiy qanoti yoriq bilan buzilib mu-rakkablashgan.

Sanoat ahamiyatiga molik gaz yuqori yura davri karbonat jinslarining 16-, 15a-, 15- gorizontlari bilan bogliq. Gaz, asosan, murakkab 15-gorizont va govakdarzli 16a va 16- gorizontlar kollektorlarda uchraydi. Gaz sarfi kondensat bilan birga sutkada: 16-go-rizontda 494.8 ming m3, 15a da - 344.4 ming m3, 15- da - 531.1 ming m3. Kondagi gaz zichligi 0.692 - 0.696 g/sm3. Gaz tarkibida hajmiga nisbatan, % da: metan 80.0; etan 7.72; propan 4.3; mota-dil butan 11.04; izobutan 0.84; motadil pentan 0.27; izopentan 0.41; vodorod sulfid va karbonat angidrid gazi yigindisi 0.3; azot 2.86. Gazdagi mikrokomponentlar miqdori, mg/l: yod 1.3 - 2.03 dan 5.28 - 6.49 gacha; brom 16.5 - 49.0 dan 69.08 - 85.02 gacha; bor oksidi 5.3 - 21.9 dan 52.6 - 122.6 gacha. Hozirgi kunda kon sanoat mikyosida foy-dalanishga tayyorlangan.