ⓘ Polietilen, politen, polieten l - karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga kora 105 - 130°, zichligi 920– ..

                                     

ⓘ Polietilen

Polietilen, politen, polieten l - karbozanjirli polimer. Rangsiz, yarim shaffof modda. Suyuqlanish temperaturasi olinish usuliga kora 105 - 130°, zichligi 920– 970&kg/m3. Elastikligi va chozilishga mustahkamligi yuqori. Ishqorlar, xlorid, sulfat, ftorid va organik kislotalar tasiriga chidamli; xlor va ftor tasirida parchalanadi. 80°dan yuqorida uglevodlar va ularning xlorli hosilalarida eriydi; radioaktiv nurlar tasiriga chidamli; fiziologikjihatdan zararsiz. P. - jahon miqyosida termoplastlar ishlab chiqarishda birinchi orinda turadigan eng arzon polimerlardan biri. Sanoatda 3 xil usulda: etilenni yuqori bosimda, ortacha bosimda va past bosimda polimerlab olinadi. Elektr izolyasiya qoplamalari, plyonkalar, yemiruvchi muhitlardan saqlovchi materiallar, sinmaydigan idishlar va boshqa tayyorlashda qollanadi.