ⓘ Poloniy, Po - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, atom massasi 208.9824. Poloniy radioaktiv elementlar yemiri ..

                                     

ⓘ Poloniy

Poloniy, Po - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 84, atom massasi 208.9824. Poloniy radioaktiv elementlar yemirilishida oraliq mah-sulot sifatida hosil boladi. Uning massa sonlari 194 dan 218 gacha bolgan 25 ta izotopi va yadro izomerlari malum. Eng uzok, mavjud boluvchi izotopi 209Ro, suniy yol bilan olingan. Har bir tabiiy iztopining radioaktiv elementlar qatorida joylanishiga qarab maxsus nomi va belgisi bor, chunonchi: 2| muhim amaliy ahamiyatga ega.

Poloniy 2|0Ro ilk bor 1898 yilda Poloniy Sklo-dovskaya-Kyuri va Poloniy Kyuri tomonidan uran rudasida radioaktiv element sifatida kashf etilgan va Poloniy Sklo-dovskayaKyuri vatani - Polsha lot. Polonia sharafiga Poloniy deb atalgan. Poloniy - kumush kabi oq va yumshoq metall, fizik xossalari jihatidan vismut va qorgoshinni eslatadi. Suyuqlanish temperaturasi 254°, qaynash temperaturasi 962°, zichligi 9.4 g/sm3, atom radiusi 1.7 A. Yer pustila massa jihatidan 2-10 15% ni tashkil qiladi.

Poloniy birikmalarda - 2, +2, +4, +6 valentli. Uning oksidi, xloridlari, sulfati va kompleks birikmalari malum.

Poloniy uran rudasini qayta ishlashda hosil boladigan murakkab moddalarning eritmalarini elektrkimyoviy usulda kaytarib olinadi. 1 t uran rudasida 0.1 mg chamasida Poloniy boladi. PoS ni vakuumda 273° da qizdirish yoli bilan ham olinadi. Poloniyning izotopi 2|0Ro o-zarralar manbai sifatida ishlatiladi. 2|0Ro ning berilliy bilan aralashmasi turli materiallarni analiz qilishda neytronlarning manbai bolib xizmat qiladi.