ⓘ Protest - prokurorning norozilik hujjati. Ozbekiston Respublika-sida P. konunga zid bolgan hujjatni qabul qilgan organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, yuq ..

                                     

ⓘ Protest

Protest - prokurorning norozilik hujjati. Ozbekiston Respublika-sida P. konunga zid bolgan hujjatni qabul qilgan organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek, yuqori organga yoxud yuqori mansabdor shaxsga, sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori ustidan protsessual qonunda belgilangan tartibda beriladi. P. berilgan vaqtdan boshlab 10 kundan kechiktirmay korib chiqilishi shart. Qo-nunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror P.ni korib chiqishning qisqar-tirilgan muddatini belgilashga hakli. P.ni korib chiqish natijalari togri-sida 3 kun ichida prokurorga yozma ra-vishda malum qilinadi. P. kollegial organ tomonidan korib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida prokurorga malum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haklidir. P. shu huj-jatni qabul qilgan yoki yuqrri turuvchi organ tomonidan rad etilganda, shuningdek, P. krnunda belgilangan muddat ichida korib chi-qilmagan taqsirda, prokuror ana shu hujjatni gayriqonuniy deb etirof etish togrisidagi ariza bilan 1 oy ichida sudga murojaat etishga haqli. Ariza sudda korib chiqilgunga qadar berilgan hujjatning amal qilishi toxta-tib turiladi. Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellyasiya, kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi P. ishni sudda korish boshlangunga qadar P. bergan prokuror tomonidan, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror tomonidan ozgartirilishi, toldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.

Gafur Abdumajidov.