ⓘ Protuberans - Quyosh gardishi yaqinida osmon sahnida kuzatiladigan choglangan gaz buluti. Quyosh gardishiga proyek-siyalanganda P. qora tolalar tarzida korinadi ..

                                     

ⓘ Protuberans

Protuberans - Quyosh gardishi yaqinida osmon sahnida kuzatiladigan choglangan gaz buluti. Quyosh gardishiga proyek-siyalanganda P. qora tolalar tarzida korinadi. Tola gardish chetida bolganda, uning bir qismi osmon sahnida yorug P.ga aylanadi. Quyosh tola tutilgan paytlarda P.ni oddiy koz bilan korish mumkin. P.dagi modda zichligi taxminan 1sm³ da 1010 atom, kinetik temperaturasi 8000 - 15000°, mutlaq turbulent tezligi 4 – 10 km/s, magnit maydoni kuchlanganligi 100 - 200 gauss. P.ning fizik xususiyati Quyosh xromosferasiga oxshash. P.lar tashqi korinishi va hara-kat tasnifiga kora, sokin, eruptiv, faol turlarga bolinadi. P.ning ortacha uz. 200 ming km, balandligi 50 ming km, qalinligi 5 ming km gacha, ichki qatlamlarining tezligi ~ 10 km/s; 1 - 2 kundan bir necha oygacha mavjud boladigan P.lar sokin P.lardir. Eruptiv P.lar esa sokin P.lardan birdaniga paydo bolib, ichki qatlamlarining Quyosh sirtidan tashqariga chiqish tezligi bir necha km/s ga tenglashadi. Natijada eruptiv P.larning rivojlanishi bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. P.larning xossalari hali toliqaniklanmagan. Lekin P.larning zichligi Quyosh toji zichligidan taxminan 100 marta kop, temperaturasi esa 20 marta kam. temperaturaning bunday farqi Quyosh tojidan P. ga proton va ionlarning intensiv otishiga sabab boladi.