ⓘ Protsessual huquq. Protsessual -huquq tizimi normalarining bir kismi; sudda ishlarini yuritish jarayonida, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergovda ishtiro ..

                                     

ⓘ Protsessual huquq

Protsessual -huquq tizimi normalarining bir kismi; sudda ishlarini yuritish jarayonida, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergovda ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning FPK, XPK, JPK va MJKda nazarda tutilgan huquklari. Protsessual huquq Ozbekiston Respubli-kasining Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi. Protsessual huquqlar demokratik harakterda bolib, davo va nizolar-ni, xuquqbuzarlik, shu jumladan, jinoyat ishlarini tez va togri tekshirish, ularni asosli, qonuniy va odilona hal qilishni kafolatlaydi. Protsessual huquq yuridik shaxslarga ham oz manfaatlarini himoyalash vositasi sifatida beriladi.

Jinoyat ishlari boyicha gumon ostidagi shaxs va ayblanuvchiga tegishli Protsessual huquqlarning eng muhimi himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanish huquqidir. Keng manoda Protsessual huquq fuqarolik, xojalik, mamuriy va jinoyat ishlarini hal etish tartibidan iborat.