ⓘ Annigilyasiya – zarraning antizarra bilan toqnashishi natijasida boshqa zarralarga aylanish jarayoni. A.ning borishi paydo bolgan zarralarning soni va tabiatiga ..

                                     

ⓘ Annigilyasiya

Annigilyasiya – zarraning antizarra bilan toqnashishi natijasida boshqa zarralarga aylanish jarayoni. A.ning borishi paydo bolgan zarralarning soni va tabiatiga, zarra bilan antizarraning qanday holatda bolishiga, ularning ozaro tasiri qandayligiga bogliq. A. muayyan saqlanish qonunlariga boysunadi. A. vaqtida zarralar tizimining umumiy energiyasi, harakat miqdori, harakat miqdori momenta, elektr zaryadi ozgarmasdan saqlanadi. A.da juda kop energiya ajralib chiqadi. Elektron bilan antielektron Axi nazariy jihatdan va tajribalarda batafsil tekshirilgan. Elektron bilan pozitron A.sida shart-sharoitga qarab, yo bitta, yoki koproq foton paydo boladi. Mac, atom yadrosi tasiridagi elektron bilan pozitron A.sida faqat bitta foton, erkin elektron bilan pozitron A.sida ikkita foton paydo boladi. Goho, pozitron bilan elektronning A.sigacha ulardan yashash vaqti juda kichik vodorodsimon atom-pozitroniy hosil boladi. Pozitroniyning A.si natijasida paydo bolgan fotonlar soni pozitroniyning dastlab qanday holatlarda bolishiga bogliq. Elektron va po-zitrondan boshqa turdagi zarra bilan antizarra A.lari ham malum. Nuklon bilan antinuklon, jumladan, proton bilan antiproton A.si vaqtida ts-mezonlar yoki K-mezonlar paydo boladi. Bazan, antiproton bilan protonning A. sida yashash vaqti kichik vodorodsimon atom – protoniy hosil boladi. Zarra bilan antizarraning birgalikda paydo bolish jarayoni juft zarralar hosil bolishi de-yiladi. Mas, katta energiyali foton atom yadrosi bilan toqnashganda pozitron bilan elektron jufti hosil boladi.

Hozirgi zamon fizikasida koplab topilayotgan elementar zarralar, ulardan bazilarining yoqolib ketishi va boshqalarining paydo bolishi materiyaning cheksiz xilma-xilligini, materiya shakllarining ozaro birligini, materiyaning bir shakldan ikkinchi shaklga aylanishini ifodalaydi.