ⓘ Ptolemey Klavdiy - yunon olimi. Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan. P. Almagest va Surat ul-arz nomli mashhur asarlar muallifi. almajistiy osha da ..

                                     

ⓘ Ptolemey Klavdiy

Ptolemey Klavdiy - yunon olimi. Iskandariyada astronomik kuzatishlar olib borgan. P. "Almagest" va "Surat ul-arz" nomli mashhur asarlar muallifi. "almajistiy" osha davrgacha bolgan astronomiya fani yutuklarining geotsen-trik sistemadagi bayonidir.

P.ning "Geografiyadan qollanma" asarida muhim geografik malumotlar bilan birga koplab geografik joylar, jumladan, Orta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Kolob, Kos, Binket, Shosh, Zomin, Forob, Fargona kabi shahar va viloyatlarining geografik koordinatalari keltirilgan. P. asarlari Sharkda astronomiya, mat. va geografiyaning rivojlanishiga katta tasir korsatdi. Beruniy "Qonuni Masudiy" asarini yozishda P. asarlariga asoslangan. P.ning matematika, astronomiyaga bagishlangan "Analemma", "Planisferiy", "Olchamlar haqida" va boshqa asarlari malum. Optikaga oid 5 jildli risolasi tamoman yoq bolib ketgan deb hisoblanardi. 1801 yil uning arabchadan lotin tiliga qilingan toliq tarjimasi topilgan.