ⓘ Pulsarlar - davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik obyektlar. P. nurlanishi 10 sm dan 10 m gacha kuzatiladi, uning maksimumi metrli radiodiapazonga t ..

                                     

ⓘ Pulsarlar

Pulsarlar - davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik obyektlar. P. nurlanishi 10 sm dan 10 m gacha kuzatiladi, uning maksimumi metrli radiodiapazonga togri keladi. Birinchi P. 1967 yilda ingliz radioastronomlari tomonidan kashf etilgan. Hozirgi kungacha 100 dan ortiq P. topilgan. Bu P.ning pulsa-siyalanish davri 0.033 dan 3.75 sekundgacha bolgan oraliqda sodir boladi. P. davri asta-sekin ortadi. Davrning ikki marta ortishi uchun ketadigan vaqt million va bir necha on million yil-ga, yani P. yoshiga barobar vaqtga teng boladi. Mac, Qisqichbaqasimon tumanlik ichidagi P.ning davri 2400 yilda, "Yelkanlar" yulduz turkumida chaknagan ota yangi yulduz markazidagi P.niki 24 ming yilda ikki martagacha uzoklashadi. Bu P. eng yosh hisoblanadi va davri eng qisqa, chunki ular atrofida gaz qobigi kuzatiladi. Uzun davrli P. keksa sanaladi, ular atrofidagi gaz qobigi fazoga sochilib ketgan. Yosh P.da davrni sakrab kamayishi kuzatiladi.

P. nurlanishining alohida impuls lar tarzida kuzatilishi tez aylanayotgan va projektor singari yonaltirilgan nurlanish sochayotgan yulduzlar bolsa kerak, degan xulosaga olib keladi. Ketmaket impulyelar oraligi yulduzning aylanish davriga teng. Kichik davr bilan aylanuvchi yulduzning ozi ham juda kichik radiusi bir necha km bolishi kerak. Bunday yulduz ota yangi yulduzning chaqnashi natijasida hosil bolgan neytron yulduz bolishi mumkin. P. orasida rentgen nurlanishi pulsatsiyalanuvchilari ham bor. Bunday P. rentgen P. deb ataladi va ular zich qoshaloq yulduz tizimiga kiruvchi neytron yudduzga qoshni yudduzdan oqib tushayotgan modda energiyasi hisobiga rentgen nurlanish sochadi.