ⓘ Revgariy Xoja Orif, Mohitobon - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchilaridan biri. Bahouddin Naqshbandnnj manaviy ustozlaridan his ..

                                     

ⓘ Revgariy Xoja Orif

Revgariy Xoja Orif, Mohitobon - xojagon-naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi va nazariyotchilaridan biri.

Bahouddin Naqshbandnnj manaviy ustozlaridan hisoblanadi. "Qutbul avliyo" valiylar yolboshchisi unvoni bilan mashhur. Abduxoliq Gijduvoniydan tasavvuf talimotini organgan. Tasavvufning ozak jihatlari va nazariy masalalari haqida bahs yuritgan "Orifnoma" risolasini yozgan. Unda tasavvufning tavba maqomiga solikning avvalgi barcha gunohlaridan tavba kilib, kelajakda biror gunoh ishni qilmaslikka azmu qaror berishi alohida etibor karatilgan. R. tavbani "islom dinining tugi" deb tariflagan. Koplab shogirdlar tayyorlagan. Ular orasida eng mashhuri Xoja Mahmud Anjir Fataviydir. R. Shofirkon shahrida dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara ornatilgan. Maqbara va uning atrofidagi masjid mustaqillik yillarida tamirlangan. R. qabri ziyoratgoh hisoblanadi.