ⓘ Rezinatexnika sanoati - neft kimyosi sanoati tarmogi. Tarmoq korxonalarida sintetik va tabiiy kauchuk asosida turli rezina buyumlari tayyorlanadi. Asosiy mahsul ..

                                     

ⓘ Rezinatexnika sanoati

Rezinatexnika sanoati - neft kimyosi sanoati tarmogi. Tarmoq korxonalarida sintetik va tabiiy kauchuk asosida turli rezina buyumlari tayyorlanadi. Asosiy mahsulotlari: avtomobil, mototsikl, traktor, velosiped va boshqa mashinalarga shinalar, rezina qolpoqlar, transportyorlar, tashish lentalari, uzatma tasmalar, mashinalar va turli mexanizmlar uchun quyma va noquyma detallar, issiqlik va elektr izolyasiyasi materiallari va boshqa Bundan tashqari, Rezinatexnika sanoatis. korxonalarida avtomobillar va qishloq xojaligi mashinalari shinalari tiklanadi, rezinali poyabzallar, rezina aralash gazmollar, sanitariya va gigiyena anjomlari, sport buyumlari, oyinchoklar va boshqa ishlab chiqariladi. Rezinatexnika sanoatis. mahsulotlari mashinasozlik, kimyo, kumir, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoklarida, transport va harbiy texnikada qollaniladi.

Ozbekistonda bu tarmoqning ilk korxonasi Toshkent rezinatexnika mahsulotlari zdi 1944 yilda ishga tushirildi va tola quvvat bilan ishlay boshladi. Ilgari, asosan, rezina mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan "Ozbekrezinatexnika" birlashmasi 1975 1987 yildan xalq istemoli tovarlari i.ch.ga otdi.

Ozbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan song, Rezinatexnika sanoatis. korxonalari qayta jihozlanib, mashinasozlik korxonalariga butlovchi qismlar i.ch.ga yonaltirildi. 1992 yildan "Ozbekrezinatexnika" birlashmasida yengil avtomobil shinalarini tayyorlash ozlashtirildi. 1996 yilda yiliga yengil avtomobil uchun 1.5 mln. dona, yuk avtomobillari uchun 200 ming dona shina ishlab chiqariladigan quvvatlar ishga tushirildi.

Bundan tashqari, "Ozbekrezinatexnika" birlashmasi va kimyo sanoatining boshqa korxonalarida Samarqand kimyo zdi kalishlar i.ch. 10 mln.dan juftga yetkaziladi 1995. Shuningdek, bu tarmoq korxonalari respublika avtomobil sanoati uchun turli xildagi rezinatexnika mahsulotlari ishlab chikaradi.

Risqivoy Yoqubov.