ⓘ Rivojlanish - tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli ozgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga otish. Rivojlanish natijasida obyektning - tarkibi yok ..

                                     

ⓘ Rivojlanish

Rivojlanish - tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli ozgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga otish. Rivojlanish natijasida obyektning - tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obyektning sekinasta sodir boluvchi miqdor ozgarishlari bilan bogliq evolyusion Rivojlanish va obyekt tuzilmasidagi sifat ozgarishlaridan iboratinqilobiy Rivojlanish Evolyusion Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga otishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yoli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga otishini bildiradi. Evolyusion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz otishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoq qilinib, keskin sifatiy ozgarishlar amalga oshiriladi. Ozbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga otishning evolyusion Rivojlanish yolini tanladi. Bu yol jamiyat azolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi bilan regressiv, tanazzul turi farqlanadi.

Hozirgi zamon fanida Rivojlanishning maxsus ilmiy nazariyasi ishlab chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi jarayonlarni qarab chiquvchi klassik tabiatshunoslikdan farq qilgan holda, nochizikli, sakrashsimon ozgarishlar bayon qilinadi.

Baxtiyor Torayev.