ⓘ Rizamat - ortapishar mahalliy xoraki va mayizbop uzum navi. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutining Samarqand filialida Katta ..

                                     

ⓘ Rizamat

Rizamat - ortapishar mahalliy xoraki va mayizbop uzum navi. Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutining Samarqand filialida Kattaqorgon va Parkent uzum navlarini chatishtirib chiqarilgan. Mashxur sohibkor Rizamat Musamuhamedov sharafiga uning nomi bilan atalgan. Tupi ortacha osadi. Barglari ortacha, yumaloq, besh bolmali, sal kertikli, ters tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzumi avg.sent.da pishadi. Uzum boshi yirik, tigizligi ortacha, konussimon, vazni 300 - 550 g, gujumi yirik, silindr shaklida, yonbosh tomoni pushti. Posti yupqa, eti zich, karsildoq, uzumi korinishining bejirimligi va yaxshi tami bilan ajralib turadi. Kurtagi bortgandan keyin faol harorat yigindisi 3000° bolganda 150 kunda pishadi. Tarkibida 20 - 22% qand bor. Hosiddorligi 200 - 250 s/ga. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chidamsizroq, raga, kul kasalligiga bardoshi yuqori emas.