ⓘ Risling, Reyn rislingi - vinobop ortapishar uzum navi. Reyn daryosi vohasida xalq seleksiyasida yaratilgan qad. navlardan biri. R. jahondagi tok ekiladigan barc ..

                                     

ⓘ Risling

Risling, Reyn rislingi - vinobop ortapishar uzum navi. Reyn daryosi vohasida xalq seleksiyasida yaratilgan qad. navlardan biri. R. jahondagi tok ekiladigan barcha mamlakatlarda tarqalgan. Orta Osiyoda, Moldaviya, Ukraina, Qozogiston va Ozarbayjonda ham ekiladi. Tupi ortacha osadi. Bargining diametri 14 - 16 sm, yumaloq, besh bolmali, tusi toq yashil, arra tishli, ters tomoni siyrak tukli. Guli ikki jinsli. Hosili faol harorat yigindisi 2700 - 3000° bolganda 155 - 170 kunda, avg. boshlarida pishadi. Uzum boshi silindrkonussimon, boyi 12 - 15 sm, eni 6 - 8 sm, vazni 100 - 130 g. Gujumi ortacha, dumaloq, och yashil, eti sershira, tarkibida 17 - 19% qand, 8 - 9% kislota bor.

Hosildorligi 80 - 100 s/ga Ozbekiston sharoitida eng yuqori hosildorlik 290 s/ga. Qurgoqchilik va sovuqqa bardoshi yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidami past. R. uzumidan, umuman, ovqat ustida ichiladigan yengil oq vinolar, mashhur Reyn va Model yengil vinolari, Orta Osiyoda esa kuchli va desert vinolar tayyorlanadi.