ⓘ Rishton tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Sox tumani bilan birlashtirilgan. 1990 yil 27 fevralda Sox ..

                                     

ⓘ Rishton tumani

Rishton tumani - Fargona viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1959 yil 7 martda Sox tumani bilan birlashtirilgan. 1990 yil 27 fevralda Sox tumani ajralib chiqqan. Shim.dan Bagdod, jan.sharqsan Oltiariq, garbdan Ozbekiston va Uchkoprik tumanlari, janubdan Qirgiziston bilan chegaradosh. Maydoni 0.42.1 ming km². Aholisi 150.2 ming kishi. Tumanda 1 shahar, 11 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Rishton shahri.

                                     

1. Tabiati

Tuman hududi Markaziy Fargona cholining jan.da, Sox daryosi va Katta Fargona kanali boyida joylashgan. Hududi, asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, gaz, soz tuproq, shagal bor. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning ortacha temperaturasi - 6.7°, eng past temperatura - 27°, iyulning ortacha temperaturasi 23.6°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 180 mm yogin yogadi. Xojaliklar va aholi yerlari Sox daryosi va Usmon Yusupov nomli Katta Fargona, Katta Andijon kanallaridan sugoriladi. Tuproqlari qongir boz tuproq va otloqi tuproqlardan iborat, ayrim joylarda shortuproq uchraydi. Osimliklardan shora, shuvoq, yantoq, miya, oq bosh, yulgun, qiyoq va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan bori, tulki, quyon, yumronqoziq; parrandalardan kaklik, bedana, tustovuq, zogcha, qarga, torgay, sassiqpopishak, qaldirgoch; sudraluvchilardan oq ilon, chipor ilon, kaltakesak; kemiruvchilardan kalamush va boshqa uchraydi.

                                     

2. Aholisi

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, qirgiz, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillaridan iborat. Aholining ortacha zichligi 1 km² ga 357 kishi. Shahar aholisi 30.9 ming kishi, qishloq aholisi 119.3 ming kishi.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Tuman markazi va yaqin qishloqlarda kulolchilik rivojlangan. Qishloq xojaligi bogdorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan. Mashhur Rishton kandak oriklari, Chongara devzirasi yetishtiriladi. Turli sohadagi yuzdan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. "Fargonaneftgaz" aksiyadorlik jamiyati, ozbekarab "PayntsKeramik" qoshmakorxonasi, paxta tozalash, badiiy kulolchilik buyumlari, gisht zavodlari, koplab xususiy shirapazlik, 1.200 dan ortik, xususiy kulolchilik kichik sexlari, yigiruv-toquv, mebel fabrikalari, MTP, bosmaxona, dehqon va buyum bozorlari faoliyat korsatadi. Ozbekiston xalq ustalari I.Komilov, N.Qodirov, Ozbekiston BA si azosi | Sh. Yusupovlarning oziga xos uslubla | ri bor. Sugoriladigan yerlar 20.658: ga, shu jumladan, paxta 9.500 ga, don f 7.400 ga, sabzavot va poliz 170 ga, yem xashak ekinlari 588 ga maydonga eki I ladi. Mevazorlar 5 ming ga ni tashkil ; qiladi. Rishton tumanida 220 km uzunlikdagi ochiq!. drenajlar, 245 ta vertikal qudugi bor.

Tuman jamoa va shaxsiy xojaliklarida 127.5 ming qoramol, 23.7 ming qoy va echki, 48.4 ming parranda, 165 ot bokiladi. 418 ta asalari uyasi bor 2003. Rishton tumanida 2 musiqa, 62 umumiy talim, 1 sport maktabi, 3 kasbhunar kolleji, 2 litseyda 41.163 oquvchi talim oladi. Markaziy kutubxona va uning filiallari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogi, 14 klub, muzey, markaziy stadion, 4 kasalxona, 2 ta poliklinika, 24 qishloq vrachlik punkti, 30 ta dorixona, sanatoriy va boshqa tibbiy muassasalarda 233 vrach, 1.843 orta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda 5 km temir yol Toshkent - Andijon, 74 km uzunlikda respublika, 109 km uzunlikda viloyat ahamiyatidagi avtomobil yollari bor. Ichki avtomobil yollari uz. 264 km. Tarixiy memoriy obidalardan "Sohibi-Hidoya", "Yigitpirim", "Hizrbuva", "Xoja Ilgor", "Xoja Rushnoiy", "Toshkelinchak" va boshqa saqlangan.

1966 yildan "Rishton haqiqati" tuman gazeta chiqariladi adadi 8608.