ⓘ Rojasthon, Rojaston - Hindistonning shim.garbiy qismidagi shtat. Maydoni 342 ming km². Aholisi 56.5 mln. kishi ; 90% hindu diniga, 7% islomga etiqod qiladi. Mam ..

                                     

ⓘ Rojasthon

Rojasthon, Rojaston - Hindistonning shim.garbiy qismidagi shtat. Maydoni 342 ming km². Aholisi 56.5 mln. kishi ; 90% hindu diniga, 7% islomga etiqod qiladi. Mamuriy markazi - Jaypur sh. R.ning shim. qismi HindGang tekisligida, jan. qismi Dekan yassitogligida. Shim.garbida Tar choli bor. Shtatning markaziy qismidan Aravali tog tizmasi kesib otgan. Iklimi tropik, mussonli, shim.garbida quruq ikdim. Ortacha oylik temperatura yanvar

da 14°, mayda 35°. Yillik yogin jan.da 600–900 mm, shim.da 130 mm.

Iqtisodiyotida qishloq xojaligi yetakchi orinda. Qishloq xojaligining asosiy tarmogi - chorvachilik. R. hududining chol va chala choldan iborat katta qismida qoy, echki, koramol, tuya boqiladi. 16 mln. ga yerga ekin ekiladi. Asosiy ekinlari: bugdoy, tamaki, makkajoxori, oq joxori, paxta, sholi, moyli ekinlar, shakarqamish. Boglar ham bor. Dehqonchilik sugorishga asoslangan. Chambal daryosiga yirik gidrotexnika inshootlari qurilgan. Foydali qazilmalardan marmar, gips, asbest, osh tuzi, slyuda, lignit, marganets, qimmatbaxr toshlar Udaypur yaqinida yirik olmos koni qazib olinadi.

Sanoati mahalliy, qishloq xojaligi xom ashyosini k,ayta ishlashga ixtisoslashgan. Toqimachilik, oziq-ovqat shakarqand, yogmoy korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Kustar usulda ip gazlama, movut, gilam toqiladi, tosh, fil suyagi, bronzadan turli buyumlar tayyorlanadi. Jaypur hunarmandlari yasagan oltin va kumush buyumlar, sovuq qurollar dunyoga mashhur. Kota sh. yaqinida AES qurilgan. Keyingi yillarda zamonaviy sanoat tarmoqlari - mashinasozlik va metallsozlik korxonalari ishga tushirildi. Shtatda sement, oynashisha, natriy, boyoq, ogitlar, t.y. vagonlari, oltingugurt kislotasi, televizor va suniy tola ishlab chikaruvchi 200 dan ortiq mayda korxona bor.

R. haqidagi ilk malumotlar mil. av. 3-asrlarga oid. 6-asrdan boshlab rojaliklar tuzila boshlagan. 1025 y. Mahmud Gaznaviy R.ni oz tasarrufiga kiritgan. Gaznaviylarning Hindistondagi noibi Baxlim 1120 yilda R.ning garbini oz hukmiga olgan. 11-asrning 30 - 70-yillarida Kalachuri davlati hukmdori Karna R.ning shim.garbiy viloyatlarini qolga kiritgan. R. oz nomini 13 - 14-asrlarda Shim. Hindistondagi musulmonlarga karshi kurashda rajput zodagonlarining tayanchi bolganda olgan. 13 - 19-asrlarda ushbu qudud dastlab Dehli sultonligi, keyinroq Boburiylar saltanati va Marathalar davlatiga tobe bolgan. Boburning nevarasi Akbar birinchilardan bolib R. xonlari bilan qarindoshlik aloqalarini ornatgan. 1818 - 1947 yillardagi Angliya mustamlakachiligi davrida R. 22 rojalik va kichikroq Ajmer provinsiyasidan iborat bolgan va Rojaputana deb atalgan. 1956 yilda R. shtati tuzilgan.