ⓘ Rokoko, rokayl - 18-asr 1-yarmida Yevropa nafis sanatida yuzaga kelgan uslub. Dastlab Fransiyada paydo bolgan, keyinchalik Germaniya, Avstriya va boshqa mamlaka ..

                                     

ⓘ Rokoko

Rokoko, rokayl - 18-asr 1-yarmida Yevropa nafis sanatida yuzaga kelgan uslub. Dastlab Fransiyada paydo bolgan, keyinchalik Germaniya, Avstriya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 30 - 40-yillarda R. eng gullagan davrini boshidan kechirgan. Absolyutizm inqirozi davrida kiborlarga xos bolgan xususiyatlar, yani real hayotdan qochib, soxta teatrlashtirilgan hayot tarziga intilish va boshqalarni ozida aks ettirgan. Memorlikda bezakka tasir etib, jimjimadorlikka etibor kuchaydi: nozik hoshiyalarga olingan oyma va bortma naqshlar, orama, kartush, rokayl va boshqa keng qollanildi; binolarda simmetriya ornini asimmetriya, tartibsizlik egallay boshladi. Binolar tashqi korinishi jiddiy va sipo ishlangani holda xonalarni bezashga etibor ortdi, bino, uning xonalari uchun olingan nisbatlar ham yengil va nafislikka ega bola boshladi, xonaning ichki qismi yengil "pastel" rangida ishlangan naqshlar, afsonalardan olingan kichik suratlar bilan bezatildi, xonalarning burchaklari yoq qilinib oval shakliga ega bola boshladi. Ichki bezaklarda kozgularning bezak imkoniyatlari ham hisobga olindi, mebellar ham xona va uning bezagiga moslab tanlandi.

Rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik R. asarlari ota nafis, nozik sahnalar bir oz oynoqi va jimjimadorligi bilan ajralib turadi. Bezak va dastgoh sanatida namoyon bolgan devor, plafon, eshik tepasiga ishlangan tasvirlar, gobelenlar kongil ochishga moljallangan mavzular bilan toldirildi; odam krmati bezak bolagiga aylana bordi; kompozitsiya qurilishi yengillik, mayinlik hislatini ifodalashga boysundirildi. Rasmlar mavzusi ham birmuncha cheklangan bolib, ishq-muhabbat, kiborlarning kongil ochishi va dam olishi, pastoral mavzuda tabiat qoynida erkin, farogatda yashayotgan chopon yigit va qizlar hayotiga bagishlangan asarlar yaratildi, portretlar chizildi. Haykaltaroshlikda relyeflar, binolar interyerini bezaydigan haykallar keng orin egalladi. Nozik ranglar jilosiga boy R. rangtasviri ham bezak xususiyatiga ega edi. Amaliy sanat ustalari xom ashyoning ifoda imkoniyatlarini nozik ochib bera oldi.

18-asr ortalaridan R. uslubi kompozitsiyalarining haddan ortiq murakkabligi, jimjimadorligi tanqidga uchray boshladi. R. ornini klassitsizm egallay boshladi.