ⓘ Roman tillari - hindevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va ..

                                     

ⓘ Roman tillari

Roman tillari - hindevropa tillari oilasiga mansub qardosh tillar guruhi; ularning barchasi lotin tilidan kelib chiqqanligi, umumiy rivojlanish qonuniyatlari va til qurilishidagi koplab umumiy unsurlar bilan ozaro boglanadi. "Roman" termini dastlab, ilk orta asrlarda, klassik lotin tilidan hamda german lahjalaridan farq qiluvchi xalq tilini ifodalagan; Ispaniya va Italiyada Roman tillari "yangi lotin tillari" deb ham atalgan. Roman tillari 60 dan ortiq mamlakatda milliy yoki rasmiy til sifatida qollanadi: ularda 600 mln.dan ortiq kishi sozlashadi.

Tilshunoslikda Roman tillarining soni haqida yagona fikr yoq. Hozirgi tegishli ishlarda ular kopincha 12 ta deb korsatiladi: ispan, galisiya, portugal, katalan, oksitan provansal, fransuz, italyan, sard, retoroman, rumin, moldavan va 19-asrdan ulik hisoblanadigan dalmat tillari. Roman tillarining bir tekis rivojlanmaganligi ham ularni chegaralash, aniq sonini belgilashni qiyinlashtiradi.

Roman tillarining tarqalish hududi 3 ga ajratiladi: 1) "Eski Romaniya" - Yevropaning Rim imperiyasi tarkibiga kirgan va romancha nutqni saqlab qolgan qismi, Roman tillarining shakllanish markazi ; 2) "Yangi Romaniya" - 16 - 18-asrlarda mustamlakachilik harakatlari natijasida Yevropadan tashqarida Roman tillarida sozlashuvchi aholi paydo bolgan hududlar ; 3) mustamlakachilik siyosati natijasida Roman tillari mahalliy tillar bilan birga rasmiy tilga aylangan mamlakatlar Afrikaning kattagina qismi, Jan. Osiyo va Okeaniyadagi uncha katta bolmagan hududlar.

Roman tillari Rim imperiyasi tarkibiga kirgan hududlardagi xalqona lotin tilining davomi va tadrijiy rivoji hisoblanadi. Roman tillari rivojida 4 bosqich farqdanadi: 1) mil. av. 3-asr mil. 5-asr - romanlashuv davri - mahalliy tillarning xalqona lotin tili bilan almashinishi. Bolajak Roman tillari ortasidagi tafovutlar shu davrdayoq namoyon bola boshlaydi; 2) 5 - 9-asrlar - Roman tillarining Rim imperiyasi parchalanishi va varvar davlatlarining tashkil topishi sharoitidagi shakllanish davri. Roman tillariga superstrat unsurlar ning kuchli tasiri bilan ajralib turadi. Roman tillarining lotin tilidan va bir-biridan aniq farqli jihatlari kuchaya boradi; 3) 10 - 16-asrlar - Roman tillarida yozuvning rivojlanishi, ijtimoiy vazifalarining kengayish davri. Dastlabki matnlar fransuz tilida 9-asrda, italyan va ispan tillarida 10-asrda, provansal, katalan, sard tillarida 11-asrda, portugal va galisi tillarida 12-asrda, retoroman tilida 14-asrda, rumin tilida 16-asrda paydo boladi. Lahjalardan yuqori turuvchi adabiy tillar shakllanadi; 4) 16 - 19-asrlar - milliy tillarning shakllanishi, meyorlashuvi, boyib borishi davri. Roman tillari rivojlanishi notekis bolgan: bazi tillar ancha erta milliy tilga aylanib, hatto keyinroq xalqaro til vazifasini ham bajargan bolsa fransuz va ispan tillari, bazilari Orta asrlarda muhim ahamiyatga ega bolib, keyinroq oz mavqelarini yoqotgan va 19 - 20-asrlarda qaytadan adabiy til maqomiga ega bolmoqda provansal, katalan va boshqa tillar. Yevropadan tashqaridagi boshqa hududlarda Roman tillarining mahalliy variantlari paydo boldi.

Roman tillari lotin alifbosidan foydalanadi. Bolqonroman tillarida yozuv kirillitsa asosida shakllangan. 1860 yildan keyin rumin tili, 1989 yildan moldavan tili lotin alifbosiga otgan. Lotin tilida bolmagan tovushlarni ifodalash uchun turli xil harf birikmalari, diakritik belgilar joriy etilgan.

Abduvahob Madvaliyev, Isroil Polatov.