ⓘ Rossiya milliy kutubxonasi, M.Ye.Saltikov Shchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasi - Rossiya Federatsiyasining eng qad. universal kutubxonasi; jahon ..

                                     

ⓘ Rossiya milliy kutubxonasi

Rossiya milliy kutubxonasi, M.Ye.Saltikov Shchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasi - Rossiya Federatsiyasining eng qad. universal kutubxonasi; jahondagi eng yirik kutubxonalardan biri. SanktPeterburg shahrida 1795 yilda Imperator ommaviy kutubxonasi va kitob xazinasi sifatida asos solingan. 1814 yil 2 yanvarda omma uchun ochilgan. 1917 yildan Rossiya kutubxonasi, 1925 yildan ommaviy kutubxona, 1992 yildan hozirgi nomida. 1932 yilda M.Ye.Saltikov Shchedrin nomi berilgan. 1811 yildan mamlakat nashrining majburiy nusxasini oladi. 1914 yil fondida 2 mln.dan ziyod nashriy asarlar bolgan. 1998 yilda 32 mln.ga yaqin kitob birligiga yetgan. Nodir nashrlar fondida Volterning shaxsiy kutubxonasi, Behzod ijodiga mansub miniatyuralar, qolyozmalar saqlanadi, ular orasida toshplita, daraxt postlogi, papirus, pergament, ipak va bdagi yozma yodgorliklar mashhur.

Kutubxonaning fan sohalari va nashr turlari boyicha 28 ta qiroatxonasi, bibliografik malumotnoma nuqtalari, markaziy malumotnoma kutubxonasi bor. Kutubxonaning boy fondini yorituvchi kataloglar, yangi kitoblar haqida axborot byulletenlari nashr etiladi, bibliografiya va kutubxonashunoslik, kitob tarixi sohasida yirik ilmiy metodik va i.t. ishlari olib boriladi. Kutubxona klassitsizm va ampir uslubida qurilgan kohna binoga joylashgan.