ⓘ Rossiya-buxoro shartnomalari - Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi ortasida 1868, 1873, 1885, 1894, 1900 y. larda tuzilgan shartnomalar. Bu shartnomalar po ..

                                     

ⓘ Rossiya-Buxoro shartnomalari

Rossiya-buxoro shartnomalari - Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi ortasida 1868, 1873, 1885, 1894, 1900 y. larda tuzilgan shartnomalar. Bu shartnomalar podsho Rossiyasiga Buxoro amirligi xududidan har tomonlama foydalanish imkoniyatini bergan.

1868 y. 23 iyun sulh shartnomasi. Buxoro bilan Rossiya qoshinlari ortasida bolgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqandda imzolangan. Bu shartnomaga binoan, Xojand, Oratepa, Jizzax, Samarqand va Kattaqorgon sh.laridan to Zirabuloqqacha bolgan Buxoro amirligining yerlari Rossiyaga kiritildi va Turkiston generalgubernatorligi tarkibida Zarafshon okrugi keyinchalik Samarqand viloyati tashkll qilindi. Buxoro amiri Muzaffar oltin hisobida 500 ming rubl harbiy tovon tolagan va rus savdogarlariga amirliqda erkin savdosotiq qilish uchun qulay shartsharoit yaratib berish majburiyatini olgan. Rus mollaridan ular qiymatining atigi 2.5% miqsorida boj oladigan bolgan.

1873 y. 28 sent. shartnomasida Buxoro amirligi Rossiyaning protektorati tobesi; homiyligi ostidagi hudud deb elon qilingan. Zarafshon daryosining yuqori qismi - Sharqiy Buxoro Badaxshon, Pomirdagi ayrim viloyatlar qoldan ketgan; Amudaryoning chap sohilidagi yerlar esa Afgonistonga berilgan. Buxoroning xorijiy davlatlar bilan mustaqil aloqa yuritishi taqiklangan.

1885 y. 25 iyul shartnomasida Buxoro amirligi hududidan t.y. otkazishga kelishilgan. Yol qurilishi uchun 6 ming desyatina yer ajratilib, rus mamurlari ixtiyoriga topshirilgan. 1885 y. 12 noyabr

da Buxoro amirligida "Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi" tasis qilingan qarang Buxorodagi vakolatxonalar.

1894 y. 27 may shartnomasi iqtisodiy xususiyatga ega bolib, unga kora har yili 15 noyabrdan 10 martgacha Zarafshon daryosining suvi amirlik yerlariga toliq, 10 iyundan 15 avg.gacha dehqonchilik uchun suv eng kerak paytda esa faqat 40% oqiziladigan bolgan.