ⓘ Rossiyada fuqarolar urushi - Oktyabr tontarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qolga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar o ..

                                     

ⓘ Rossiyada fuqarolar urushi

Rossiyada fuqarolar urushi - Oktyabr tontarishi natijasida Rossiyada hokimiyatni qolga kiritgan bolsheviklar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar va siyosiy kuchlar ortasidagi urush.

Bu urush Rossiyaga bostirib kirgan 14 ta davlatning intervensiyasi bilan ozaro qoshilib ketgan. Rossiya Birinchi jahon urushidan chiqqandan keyin Germaniya va Avstriya-Vengriya qoshinlari unga qarashli Ukraina, Belorussiya, Boltiqboyi va Janubiy Rossiyani bosib olishgan. Brest sulhi imzolangandan keyin bu hududlarning katta qismi Germaniya ixtiyoriga otgan. 1918-yil martda Angliya - AQSH - Italiya - Kanada qoshinlari Murmanskka tushirildi; aprelda yaponlar Vladivostokni egallashdi; may oyida Avstriya-Vengriya armiyasining asir olingan 40 ming kishilik chexoslovak korpusi askarlari isyon kotardi. Bularning hammasi yangi hokimiyat uchun jiddiy xavf tugdirgan.

                                     

1. Fuqarolik urushining zaminlari

1918-yil yozi - kuzida Rossiyaning 3/4 qismida turli hukumatlar tuzilgan, jumladan:

  • Ashxobodda Zakaspiy Muvaqqat hukumati hukumat raisi - eser Funtikov.
  • 23 sentyabrda Ufa Direktoriyasi raisi - N. D. Avksentyev;
  • 28 sentyabrda Arxangelsk guberniyasida shimoliy viloyat Muvaqqat hukumati hukumat raisi general Ye. K. Miller;
  • 23 iyunda Tomskda Muvaqqat Sibir hukumati hukumat raisi - P. V. Vologorskiy;
  • 8 iyunda Samarada eser-mensheviklarning Volgaboyi hukumati - tasis majlisi azolarining komiteti Komuch hukumat raisi - eser V. K. Volskiy;

Biroq hokimiyatni zoravonlik bilan egallagan bolsheviklar uni qurol kuchi bilan saqlab qolishga urinishgan. 1918-yil fevralda qizil armiya tashkil qilingan, bolsheviklar "harbiy kommunizm" siyosatiga otishgan. Oziq-ovqat taqsimoti razvyorstka natijasida oziq-ovqat toplovchi otryadlar prodotryadlar tashkil qilinib, ular aholi qolidagi oziq-ovqat mahsulotlarini tortib olish bilan shugullangan.

                                     

2. Qizil terror

1918-yil yozida qizil armiya zudlik bilan qayta qurilgan. 18 yoshdan 40 yoshgacha bolgan barcha erkaklar uchun majburiy harbiy xizmat joriy qilindi, armiyada harbiy komissar lavozimi tasis etildi, sinfiylik tamoyillariga amal qilindi va markazlashtirilgan boshqaruvga otildi. Sovet rejimi oz mavqeini saqlashda harbiy tayanchi bolgan qizil askarlarga koplab imtiyozlar bergan.

1918-yil 5-sentyabrda RSFSR Xalq Komissarlari Soveti "Qizil terror haqida" dekret chiqarib, front va uning orqasida kurashning shafqatsiz shakli - ommaviy terrorni qollagan. Butunrossiya Favqulodda Komissiyasi BFK ga fuqarolarni hech qanday sud va tergovsiz otish huquqi berilgan. Chekistlarning shafqatsizligi sovet hokimiyatining oziga xos ramziga aylangan. Bolsheviklar va sovetlarga qarshi kuchlar ham ularga nisbatan xuddi shunday choralar korishgan. Fuqarolar urushi ozining butun dahshatli qonunlarini ommaviy ravishda namoyish qilgan.

Qizil armiyaning qayta qurilishi natijasida u tez orada dunyodagi eng katta va tajovuzkor armiyalardan biriga aylangan 1918-yil bahorida 300 ming; yozida 600 ming; kuzida 1 mln.; 1920-yilda 5 mln. kishi. 1918-yil 2-yarmida u Sharqiy frontda dastlabki galabalarini qolga kiritgan. Volgaboyi va Uralni egallagan. 1918-yil 13-noyabrda sovet hukumati Brest sulhini bekor qilgandan song, Ukraina, Belorussiya va Boltiqboyi Rossiyaga qoshib olingan. "Harbiy kommunizm" siyosati, kazaklar va badavlat krestyanlarni yoqotishga moljallangan harbiy harakatlarga qarshi Rossiyaning turli mintaqalarida krestyanlar va kazaklarning koplab isyonlari va qozgolonlari bolib otgan. Biroq sovet hokimiyatiga qarshi qaratilgan bunday norozilik chiqishlarini qizil armiya shafqatsizlik bilan bostirgan.

1919-yil mart - may oylarida qizil armiya Rossiya sharqida admiral A. V. Kolchak, janubda general A. I. Denikin, garbida general N. N. Yudenichning juda katta hujumlarini qaytarishga muvaffaq boldi. Sharqiy front qoshinlarining may - iyul oylaridagi umumiy hujumi natijasida qizil armiya Ural, keyinchalik Sibirni egalladi. 1919-yil aprel - avgust oylarida xorijiy davlatlar Januniy Ukraina, Qrim, Bokudan oz qoshinlarini olib chiqib ketishga majbur bolishgan. 1920-yil mart oyida Qizil armiyaning Janubiy front qoshinlari Oryol va Voronej atroflarida Denikin armiyasini maglubiyatga uchratib, ularni Qrimga surib chiqargan. 1919-yil kuzida Petrograd atrofida Yudenich armiyasi tormor qilingan. 1920-yil boshlarida Rossiyaning Shimoliy Guberniyalari va Kaspiy dengizi sohillari egallandi. Antanta davlatlari barcha qoshinlarini butunlay chaqirib olgan.

Rossiya - Polsha urushidan song, qizil armiya general Vrangel qoshinlariga kuchli zarba bergan va ularni Qrimdan surib chiqargan. Vrangel boshchiligida 145 693 kishi 126 kemada Sevastopoldan xorijga jonab ketishga majbur bolgan. Ukraina, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston respublikalaridagi mustaqil milliy hukumatlar ham qizil askarlar tomonidan tormor keltirilgan. Bu hududlarda sovet rejimi ornatilib, ular sovet Rossiyasi tarkibiga kiritilgan. 1921 - 22-yillarda Kronshtadt, Tambov guberniyasi, Ukrainaning koplab tumanlari va boshqa joylarda bolsheviklarga qarshi kotarilgan isyonlar va qozgolonlar ham qizil armiya tomonidan shafqatsiz ravishda bostirilgan. Uzoq Sharqdagi oq gvardiyachilar hukumati ham tugatilgach, Rossiyada fuqarolar urushi tugagan.

                                     

3. Fuqarolar urushi va Turkiston

Rossiyadan farqli olaroq, bu davrda Turkiston mintaqasida fuqarolar urushi bolmagan, xorijiy davlatlar bu hududga oz qoshinlarini ham kiritmaganlar faqat Zakaspiy viloyati bundan mustasno. Turkistonda sovet rejimi ornatilgach, bosqinchi qizil armiya va bolsheviklarga qarshi istiqlolchilik harakati boshlangan.

Keyinchalik bazi oq gvardiyachi ofitserlar Rossiyadan Fargona vodiysiga kelib, qorboshilar guruhlarida harbiy instruktor sifatida faoliyat korsatishgan. Katta Ergash, Madaminbek, Junaidxon bilan Kolchak, Dutov, Annenkov ortasida ayrim aloqalar bolgan. Biroq Kolchak va boshqalarning Turkistondagi bu harakatdan oz maqsadlari yolida foydalanishini sezgan qorboshilar ular bilan aloqalarni toxtatishgan.

                                     

4. Oqibatlari

Rossiyada fuqarolar urushi katta yoqotishlar keltirgan. Ocharchilik, turli kasalliklar, terror va harbiy harakatlarda 8 - 13 mln. kishi ulardan faqat 1 mln. qizil askarlar halok bolgan. Bu davrda 2 mln. kishi Rossiyani tark etgan. Xalq xojaligiga keltirilgan moddiy zarar taxminan 50 mlrd. oltin rublni tashkil qiladi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1913-yilga qaraganda deyarli 20%, komir qazib chiqarish 33%, neft olish 50%, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish esa 40% qisqargan.