ⓘ Rostov, Rostov-Yaroslavskiy - Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi tarixiy shahar. Nero kolining shimoli-garbiy sohilida joylashgan. Temir yol stansiyas ..

                                     

ⓘ Rostov

Rostov, Rostov-Yaroslavskiy - Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi tarixiy shahar. Nero kolining shimoli-garbiy sohilida joylashgan. Temir yol stansiyasi. Avtomobil yollari tuguni. Aholisi 36.4 ming kishi. Agregat zavodi, zigir tola fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari, "Rostovskaya finift" emal miniatyura rassomligi fabrikasi bor. Rostov birinchi marta 862 y.gi yilnomada tilga olingan, 10-asrda Rostov Suzdal, 1207 - 1474 yillarda Rostov knyazliklari markazi. 1474 yilda uzilkesil Moskva davlati tarkibiga kirdi. 17-asrda Rostovda Rostov yarmarkasi vujudga keldi.

Rostovda RostovYaroslavl tarixiymemoriy va badiiy muzeyqoriqxonasi mavjud. Uspeniye sobori 16-asr; freskalari - 17-asr; 17-asr devori va minoralari, Voskreseniye 1670, Ioann Bogoslov 1683, Spas 1675 va boshqa cherkovlar, Kreml ansambli 16 - 17-asrlar; savdo rastalari 19-asr; Avraam 16 - 19-asrlar va Yakov 17 - 19-asrlar monastirlari majmuilari saqlangan. Rostov 1970 yildan qoriqxonashahar deb elon qilingan. Turizm rivojlangan.