ⓘ Rotametr - 1 suyuklik yoki gaz sarfi olchanadigan asbob. R. konussimon vertikal naydan iborat. Suyuklik yoki gaz shu nayda pastdan yuqoriga harakatlanadi. Nay i ..

                                     

ⓘ Rotametr

Rotametr - 1) suyuklik yoki gaz sarfi olchanadigan asbob. R. konussimon vertikal naydan iborat. Suyuklik yoki gaz shu nayda pastdan yuqoriga harakatlanadi. Nay ichidagi qalqovuch olchash paytida suyuklik yoki gaz bosimi tasirida malum vaziyatni egallab, halkasimon tirqish hosil qiladi. Qalqrvuch egallagan vaziyatni shkalaga taqqoslab, modda sarfi aniqlanadi. Korsatkichlarni uzoqdan turib aniqlash uchun induktiv datchik va ikkilamchi elektr asbob bor. R. neftni qayta ishlash, yog zdlarida va boshqa sohalarda ishlatiladi; 2) mashina uzeli va asboblar detallari olchamlari olchanadigan pnevmatik asbob. Olchash chegarasi 20 mkm dan 10 mm gacha; 3) matbaada qolip plastinalarining gadirbudirligi aniqlanadigan asbob.