ⓘ Rofe Ibn Lays Qozgoloni - Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi kotarilgan qozgolon. Unga Nasr ibn Sayyo’rning nabirasi, buxorxudot Tugshodan ..

                                     

ⓘ Rofe ibn Lays qozgoloni

Rofe Ibn Lays Qozgoloni - Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi kotarilgan qozgolon. Unga Nasr ibn Sayyo’rning nabirasi, buxorxudot Tugshodaning kuyovi Rofe ibn Lays boshchilik qilgan.

Qozgolonga Xuroson va Movarounnahr noibi Ali ibn Isoning mahalliy xalqqa nisbatan otkazayotgan zulmi sabab bolgan. Unda mahalliy dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar, turk qabilalari qarluqlar va boshqalar hamda ayrim arab zodagonlari faol qatnashgan. Qozgolon 2 bosqichdan iborat bolgan. Tabariyning yozishicha, qozgolon boshlanishiga maishiy holatlar nufuzli arab oqsuyaklari ortasidagi ozaro kelishmovchilik va boshqalar bahona bolgan. Qozgolonning 1bosqichida ozi arab va Xuroson noibining mehtari bolgan Rofe ibn Laysning harakatga yetakchilik qilishi uning qozgolonchilar ortasida nufuzi ortishiga olib kelgan. Janglarda Rofe ibn Lays guruhi Samarqand hokimi Sulaymon ibn Humayd 806ni va Shosh turklaridan iborat maxsus guruh noibning ogli Iso ibn Ali 807 y. sent.ni oldirgach, qozgolon avj olib ketgan va Samarqanddan tashqari Buxoro, Xorazm, Shosh, Xojand, Usrushona, Nasaf, Chagoniyon, Xuttalon, Balx va Toharistonga keng yoyilgan. Buxorodagi qozgolonga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays, Ishtixondagi qozgolonga esa Ujayf ibn Anbas boshchilik qilgan. Qozgolon kolamining tobora kengayib borishidan chochigan xalifa Horun arRashid 300 ming kishilik qoshinni Harsama ibn Ayyon boshchiligida Xurosonga jonatgan 807 y. oxiri. Harsama Marv va Amul orkali Buxoroga keladi va shiddatli janglardan song uni egallaydi 809. Bashir ibn Lays qolga olinib, Tusda qiynab oldirilgan. Keyinchalik Horun arRashid ogli - Mamun bilan birga qozgolonchilarga qarshi qoshin tortib kelgan. Biroq Tuyega yetib kelgach, xastalanib vafot etgan 809 y. mart. Xuroson noibi bolib olgan Mamun turli yollar bilan qozgolonni bostirishga intilgan.

Rofe ibn Lays Samarqandda mustahkam ornashib, unda mudofaa devorlari kurdirgan. U qarlukdar, toqqiz oguzlar va boshqa turk qabilalaridan ham yordam soragan. Mamun mahalliy mulkdor Somonxudotnpng nabiralari - Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ibn Asadga maktub yuborib, lashkarboshi Harsama ibn Ayyonning qozgolonchilarga qarshi kurashida madad berishini soraydi.

Balamiyning aytishicha, Mamun Xuroson va Movarounnaxr aholisini bir yil xiroj tolashdan butunlay ozod qilib, xiroj miqdorini 1/4 qismga kamaytirgan. Mamunning akasi - xalifa Amin bilan hokimiyat uchun bolgan kurashlarda mahalliy tabaqa zodagonlari Mamunni qollabquvvatlaydi. Lekin shu paytdan boshlab qozgolon susayadi va uning 2bosqichi boshlanadi. Narshaxiynpnt yozishicha, Asad ogillarining davatiga kora, Rofe ibn Lays dastlab Harsama bilan sulh tuzgan va ular ortasida qudaandachilik vujudga kelgan. Samarqandda Rofe ibn Lays va uning tarafdorlari oz xohishlari bilan taslim bolgach 809 y. okt., qozgolondan arab va mahalliy zodagonlar chetlashgan. Yolboshchilarsiz qolgan qozgolon tez orada butunlay bostirilgan 810. Rofe ibn Laysning keyingi taqsiri haqida bir-biriga zid turli fikrlar yangi xalifaning saroyida xizmat qilishdan tortib to qatl qilinishigacha kabi mavjud.

Rofe Ibn Lays QozgoloniRofe Ibn Lays Qozgoloni Movarounnaxr va Xurosonda xalifalik hokimiyati inqirozining tezlashuvi hamda somoniylar sulolasi vakillari Nuh ibn Asadii Samarqand, Axmad ibn Asadni Fargona Narshaxiyning yozishicha, Marv, Yahyo ibn Asadni Choch va Usrushona, Ilyos ibn Asadni Hirot amirlari bulishi 817ga imkon yaratdi. Tohiriylar sulolasining asoschisi Tohir ibn Husayp esa Xuroson amiri bolgan 821.

Manba: Istoriya atTabari, T., 1987; Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.

Qahramon Rajabov.