ⓘ Rubi maskun - yunon va orta asr Sharq fanida mavjud tarixiygeografik tushuncha. Qad. yunon olimlari yerning ular tasavvuridagi aholi yashaydigan obod qismini ey ..

                                     

ⓘ Rubi maskun

Rubi maskun - yunon va orta asr Sharq fanida mavjud tarixiygeografik tushuncha. Qad. yunon olimlari yerning ular tasavvuridagi aholi yashaydigan obod qismini "eykumena" yoki "oykumena" deb ataganlar. Orta asrlarda Arab xalifaligida mazkur geografik tushuncha yunon ilmiy adabiyotining arabcha tarjimalari orqali "mamura" - obod va Rubi maskun shakllarida Sharq geogr.siga ham otdi. Rubi maskun tushunchasining ishlatilish sababi shuki, yunon olimlari yer yuzini tort chorakka bolganlar va shundan bir choragi obod, yani odamlar yashashi uchun yaroqli, qolgan uchta chorakni esa, odatda suv deb taxmin qilganlar. Sharqfanidagi "mamura" yoki Rubi maskunni yunon fanidagi "oykumena" bilan aynan bir xil deb bolmaydi. Zero, tarixiy taraqqiyot jarayonida geografik tasavvurlar oydinlasha borib, yerning obod qismi haqidagi tushunchaga ham talaygina anikliklar kiritilgan. Keyingi davrda mazkur tushuncha yanada boyib bordi. Beruniy Rubi maskun tushunchasiga jiddiy ozgarish kiritgan va "Hindiston" asarida qolgan choraklarda ham quruqlik bolishi mumkinligini takidlagan. Beruniy qayd etgan garbdagi quruqlik alohida qita ekanligi X. Kolumb sayohatidan song amalda tasdiqlandi.

Omonullo Boriyev.