ⓘ Rudalarni boyitish - foydali minerallarni keraksiz tog jinslari dan tozalash. Maxsus sexlar va boyitish fabrikalarida bajariladi. Tabiiy rudalardan bevosita foy ..

                                     

ⓘ Rudalarni boyitish

Rudalarni boyitish - foydali minerallarni keraksiz tog jinslari dan tozalash. Maxsus sexlar va boyitish fabrikalarida bajariladi. Tabiiy rudalardan bevosita foydali komponentlarni ajratib olish kopincha iqtisodiy samara bermaydi va aksari hollarda texnik jixatdan mumkin emas. Shuning uchun metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat jarayonlari foydali komponentlar bilan boyitilgan maxsus mahsulotlar - konsentratlar ni qayta ishlashga asoslangan. Mas, qorgoshin rudasidagi qorgoshin 1.5% ni tashkil etishi mumkin, metallurgiya sharoitida eritish uchun esa rudadagi qorgoshin miqdori 3070% bolishi zarur va h. k. Rudalarni boyitish natijasida ruda konsentrat va deyarli keraksiz tog jinslaridan iborat chiqindiga ajraladi. Rudalarni boyitish foydali komponentlar miqdori undan bir necha yuz barobargacha ortadi. Mas, tarkibida 0.1% molibden bolgan ruda boyitilib, 50 foizli konsentrat olinadi.

Rudalarni boyitishda avval ruda malum darajada maydalanadi, saralanadi, fizik-kimyoviy jihatdan boyitiladi. Fizikkimyoviy boyitishning gravitatsion, magnit, elektrostatik, qizdirish, flotatsion hamda maydayirikligi, shakli boyicha saralash va boshqa usullari bor.