ⓘ Rumb - dunyo tomonlari ga nisbatan korinma ufq nuqtalariga qaragan yonalish yoki shunday 2 yonalish orasidagi burchak. Navigatsiyaia kemalar, samolyotlar va bos ..

                                     

ⓘ Rumb

Rumb - dunyo tomonlari ga nisbatan korinma ufq nuqtalariga qaragan yonalish yoki shunday 2 yonalish orasidagi burchak. Navigatsiyaia kemalar, samolyotlar va boshqa yolini yoki mayoq, burun va h.k.ga tomon yonalishni, meteorologiyada shamol yonalishini, okeanografiyada dengiz oqimlari, tolqinlari va muzlarning suzib yurishi yonalishini belgilash uchun ishlatiladi. Dengiz navigatsiyasida korinma ufq aylanasi 32 R.ga, meteorologiyada hamma ufq 16 R.ga bolinadi. Bundagi shimol, sharq, garb va janub yonalishiga mos kelgan R. bosh R.lar deyilib, lot. N, Ye, W, S harflar bilan belgilanadi. Geodezshda biror belgilangan yonalishning geografik meridian bilan hosil qilgan va 0 dan 90° gacha bolgan burchagi ham R. deyiladi.