ⓘ Rumiy Qozizoda - matematik va astronom. Xuroson va Movarounnaxrda bilim olgan. taxminan 1400 yilda Samarqandga oqish va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun k ..

                                     

ⓘ Rumiy Qozizoda

Rumiy Qozizoda - matematik va astronom. Xuroson va Movarounnaxrda bilim olgan. taxminan 1400 yilda Samarqandga oqish va ilmiy faoliyatini davom ettirish uchun kelgan. Amir Temur saroyining bosh astronomi Mavlono Ahmad qolida ham oqigan. Ulugbek ilmiy maktabining yaratilishida R.ning ishtiroki katta. Xususan, R. tashabbusi bilan Giyosidsin Jamshid Koshiy va boshqa olimlar Samarqandga taklif etilgan. U Ulugbek madrasasida mat. va astronomiyadan maruza oqigan. R.ni zamondoshlari "Aflotuni zamon" deb atashgan. Ulugbek rasadxonasi qurilishining rahbarlaridan biri. Koshiy vafotidan song umrining oxirigacha uning noziri. R. Ulugbekning barcha ilmiy tadbirlarida, jumladan, "Ziji Koragoniy" tuzishda ishtirok etgan.

R. arifmetikaga oid tenglamalarni yechishning Koshiy taklif qilgan iteratsion usuliga oid risola va boshqa asarlar yozgan. Koshiyning bu muxim ixtirosi bizgacha faqat R. va Miram Chalabiy asarlari orqali har ikkisida turlicha bayonda yetib kelgan. Shuningdek, Maxmud alChagminiyning "Astronomiyaning qisqa bayoni", Jamshiddin Samarqandiyning geometriya asoslariga doir, Masud Taftazoniyning "Ilmlar kaliti" asarlariga R. yozgan sharhlari keng tarqalgan. R.ning ogli Hasan Chalabiy, nevarasi Miram Miriam Chalabiy ham taniqli olim bolishgan.