ⓘ Rung, runglar - turkiy xalqlarning qad. xitoy manbalaridagi nomi. Dastlab mil. av. 2ming yillikka oid manbalarda qayd etilgan. R. etnonimini yozish uchun qollan ..

                                     

ⓘ Rung

Rung, runglar - turkiy xalqlarning qad. xitoy manbalaridagi nomi. Dastlab mil. av. 2ming yillikka oid manbalarda qayd etilgan. R. etnonimini yozish uchun qollanilgan iyeroglif "odam", "jangchilar" kabi manoni anglatgan. Mil.av. 15 - 8-asrlarga oid xitoy manbalarida R. kuyrung, shurung kabi qismlarga bolingan. Keyinchalik shim.dagi turklar rungdi yoki dirung deb nomlana boshlangan.

Mil. av. 2-asrda yozilgan "Shiji" "Tarixiy xotiralar" asarining Shiya xonlari taxminan mil. av. 2197 - 1766 y. tazkirasida garbiy R.ning Kunlun, Shichji, Chusov, Chjipi kabi 4 xonligi borligi korsatilgan. Keyinchalik Dali, Yichu kabi garbiy R. davlatlarining to 3-asrga qadar Gansu Kengsu olkasida mavjud bolganligi aytilgan. R. di, turk jangchilari atamasi mil. av. 4-asrdan istemoldan chiqib "xu" atamasi ishlatilgan. Hunlar xoqonligi tashkil topgach, shim.da yashagan xular, yani R.dilar "hun" "shyunnu", "syunnu" deb nomlangan.