ⓘ RUSSO Jan Jak - fransuz faylasufmarifatparvari, yozuvchisi, kompozitori. Fransuz sentimentayaizmining yirik vakili. Malay, xattot, murabbiy, musiqa oqituvchisi ..

                                     

ⓘ Russo Jan Jak

RUSSO Jan Jak - fransuz faylasufmarifatparvari, yozuvchisi, kompozitori. Fransuz sentimentayaizmining yirik vakili. Malay, xattot, murabbiy, musiqa oqituvchisi va boshqa ishlarda ishlagan. Parijda D. Didro rahbarligida tayyorlangan ensiklopediyaga musiqaga oid maqolalar yozgan. 1741 yilgacha Shveysariyada yashagan, keyin Parijga ketgan 1762 y. "Emil, yani Tarbiya togrisida" nomli pedagogik romani va "Ijtimoiy shartnoma togrisida" siyosiy risolasi chop etilgach, dindorlar tomonidan taqibga olingan R. Fransiyani tark etgan. 1770 y. u yana Parijga qaytib kelib notalarni kochirish bilan shugullangan. "Fanlar va sanatlar haqida mulohazalar" asarida tengsizlik va zulmga asoslangan oz davridagi tamaddunni tanqid qilib, uning orniga "tabiiy holat"ni qoygan. Uning goyalari keyinchalik "Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza" asarida oz ifodasini topgan. "Ijtimoiy shartnoma togrisida" risolasida ideal jamiyat manzarasini tasvirlagan. R. ingliz parlamentarizmini qoralab, xalq suverenitetini, xalq hokimiyatini himoya qilgan. Ped. masalalariga bagishlangan "Emil, yani Tarbiya haqida" asarida sxolastik talim va tarbiya usullarini tanqid qilgan, maktabning eng birinchi vazifasi haqiqiy inson va fuqaroni tarbiyalashdir deb uqtirgan. Bolalarda mustaqil fikrlash tarafdori bolgan. R.ning asarlari Yevropa adabiyotida psixologizmning vujudga kelishiga sabab bolgan. Sherlar, dostonlar, operalar yozgan, bir pardali lirik sahna asari "Pigmalion" - melodramaning ilk namunasi hisoblanadi. R. goyalari kopgina mamlakatlar ijtimoiy tafakkuriga va adabiyotiga tasir korsatgan.