ⓘ Rustavi - Gruziyadagi shahar. Kura daryosi boyida. Tbilisi shahridan 27 km jan.sharkda. Temir yol stansiyasi. Aholisi 162 ming kishi. R.da qora va rangli metall ..

                                     

ⓘ Rustavi

Rustavi - Gruziyadagi shahar. Kura daryosi boyida. Tbilisi shahridan 27 km jan.sharkda. Temir yol stansiyasi. Aholisi 162 ming kishi. R.da qora va rangli metallurgiya korxonalari, "Azot" va "Ximvolokno" kimyo i.ch. birlashmalari, kransozlik, qurilish va yol mashinalarini tamirlash, tamirlashmexanika, metall konstruksiyalar, sement, "Sentrolit" zdlari, uysozlik, temirbeton buyumlar, kurilish materiallari, yogochsozlik korxonalari, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari faoliyat korsatadi.

Bir necha orta maxsus bilim yurti, drama teatri, olkashunoslik muzeyi, stadion, sport majmui mavjud. R. yonida Tbilisi issiqlik elektr st-yasi bor. Shahar metallurgiya zdi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shaharning Kura daryosi chap sohilidagi shemila 13-asrda mogullar tomonidan vayronaga aylantirilgan qad. shaharning qoldiqlari aniqlangan.