ⓘ Rus-turk urushlari - Rossiya bilan Turkiya ortasida Qora dengiz va uning atrofidagi hududlarga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar:1 1735 - 39 yillardagi ..

                                     

ⓘ Rus-turk urushlari

Rus-turk urushlari - Rossiya bilan Turkiya ortasida Qora dengiz va uning atrofidagi hududlarga egalik qilish uchun olib borilgan urushlar:1) 1735 - 39 yillardagi urush. Qora dengizga chiqish va qrimtatarlarning talonchilik yurishlariga chek qoyish uchun Rossiya tomonidan olib borilgan. Rus qoshinlari Azov, Ochakov, Xotin, Yassini, 2 marta Qrimni egallagan. Belgrad sulh shartnomasi ga kora, Rossiya Azovni oziga qaytarib olgan;2)1768 - 74 yillardagi urush. Rossiya oz qoshinlarini Polshadan olib chiqib ketishni rad etgandan keyin Turkiya tomonidan boshlangan. Ruslar tomonidan Larga va Kagulda turk qoshinlari va Chesma jangida turk floti tormor etilgan, Qrim egallangan. Kuchuk - Qaynarja sulh shartnomasiga kora, Rossiya Jan. Ukrainaning Jan. Bug daryosigacha bolgan hududini va Qora dengizga erkin chiqish ququqini olgan;3) 1787 - 91 yillardagi urush. Turkiya tomonidan Qrim va boshqa hududlarni qaytarib olish maqsadida boshlangan. A.V.Suvorov qUmondonligidagi rus qushinlari Kinburn, Fokshana, Rimnik, Izmailda, F.F.Ushakov qomondonligidagi rus floti Kaliakriyada galaba qozongan. Yassi sulhi ga kura, Qrimning Rossiyaga qoshilishi tasdiklangan va rusturk chegarasi Dnestr daryosidan deb belgilangan;4) 1806 - 12 yillardagi urush. Shim. Qora dengiz buyi va Kavkazdagi sobiq mulklarni qaytarib olish va Bolkrnda Rossiya tasirining yoyilishi munosabati bilan Turkiya tomonidan boshlangan. Rus qoshinlarining galabalari va MM.Kutuzovnyat diplomatik sanati Buharest tinchlik shartnomasi ni imzolanishiga olib kelgan. Unga kora, Bessarabiyaning Rossiyaga qoshilganligi tasdiklangan;5) 1828 - 29 yillardagi urush. Gretsiya milliy ozodlik inqilobi tufayli Usmonli turk imperiyasida vujudga kelgan siyosiy inqiroz natijasida kelib chiqqan. Rus qoshinlari Zakavkazyeda Kare va Arzirumni egallagan, Bolgariyada turk qoshinlarini tormor etib, Konstantinopolga yaqinlashib kelgan. Adrianopol sulh shartnomasi ga kora, Kavkazning Qora dengiz sohillari, Axalsix rni Rossiyaga otgan. Gretsiya mustaqillikka erishgan. Moldova, Valaxiya va Serbiyaga muxtoriyat huquqi berilgan.

6) 1877 - 78 yillardagi urush. Bolkrnda milliy ozodlik harakatining kuchayishi va xalqaro munosabatlarning keskinlashuvi natijasida boshlangan. Asosiy voqealari: Shipkadagi jang, rus qoshinlari tomonidan Plevna va Kare Zakavkazyening qamal qilinishi va egallanishi, 1878 y. qishida rus armiyasining Bolqon toglari orqali utib, ShipkaSheynovoda, Filippopolda galaba qozonishi, Adrianopolning egallanishi. SanStefano sulxi 1878 bilan urush tugagan. Sulh qarorlari Berlin kongressi 1878da qayta kurib chiqilgan. Unga kora, Ruminiya, Serbiya va Chernogoriya mustaqillikka erishgan. Bolgariya turk mustamlakasidan ozod bolgan. Jan. Ukraina, Bessarabiya, Qrim, Shim.

Garbiy Kavkaz, Kavkazning Qora dengiz boylari, Jan.Garbiy Gruziya va Turkiya Armanistonning shim. qismi Rossiyaga qoshib olingan.