ⓘ Rux qotishmalari - asosiy qismi ruxdan iborat bolgan qotishmalar. Tarkibida qoshilmalar sifatida alyuminiy, mis va magniy bolgan Rux qotishmalari muhim sanoat a ..

                                     

ⓘ Rux qotishmalari

Rux qotishmalari - asosiy qismi ruxdan iborat bolgan qotishmalar. Tarkibida qoshilmalar sifatida alyuminiy, mis va magniy bolgan Rux qotishmalari muhim sanoat ahamiyatiga ega. Ruxalyuminiy va ruxalyuminiymis sistemalari asosidagi Rux qotishmalari tarkibida alyuminiy 3.5 dan 22% gacha, magniy 0.02 dan 2% gacha; ularda rqattiq eritma bilan aqattiq eritma hosil bolishi mumkin. Ruxmis sistemasi asosida sanoat ahamiyatiga ega bolgan L60 va L15 rusumli jezlar olinadi. Ruxalyuminiy sistemasi asosidagi Rux qotishmalarining mexanik xossalari ruxmis sistemasidagi qotishmalarnikidan yuqoriroq. Tarkibi 22% alyuminiy va 78% ruxdan iborat qotishma ota plastiklik xususiyatiga ega. Bu qotishma yuk tasirida 1000% gacha chozilishi mumkin. Boshqa oddiy metall materiallarga nisbatan bu korsatkich 20 - 50 marta ortiq. Undan tayyorlangan listlarga past tralarda osonlikcha ishlov berib, turli shaklli buyumlar olish mumkin. Ruxalyuminiymis sistemasidagi krtishmalar ruxning eng puxta qotishmalaridir. Rux qotishmalariga qorgoshin, qalay va kadmiy salbiy tasir etadi, chunki ular rux bilan past tralarda suyukdanadigan evtektik tarkiblar hosil qilib, qotishma zarralari chegarasida joylashadi. Juda oz miqdordagi temir ham Rux qotishmalari qattikdigini va mortligini oshiradi, ularga ishlov berilishini kiyinlashtiradi. Yuqori sifatli Rux qotishmalari tarkibidagi qalay, qorgoshin, kadmiy va temirning miqdori tegishlicha: 0.005, 0.01, 0.005 va 0.1% dan oshmasligi zarur. Sanoatda SA15, SM1, SAM024, SAM25, SAM41, SAM102, SAM105 rusumli R.q ishlatiladi. Rux qotishmalari oson suyuklanadigan va suyuq holatda yaxshi oquvchan bolganligidan karbyuratorlar, nasoslar, podshipniklar qismlari va boshqa turli murakkab shaklli detallarni bosim ostida quyishda, shuningdek, bezak buyumlar tayyorlashda qollaniladi.