ⓘ Ruhi juvanon - jaydari urik navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Daraxti kuchli usadi. Bal. 8 m. gacha boradi. Barglari yirik, och yashil. Mevasi iyun oxiri - i ..

                                     

ⓘ Ruhi juvanon

Ruhi juvanon - jaydari urik navi. Xalq seleksiyasida yaratilgan. Daraxti kuchli usadi. Bal. 8 m. gacha boradi. Barglari yirik, och yashil. Mevasi iyun oxiri - iyulning boshlarida pishadi, ortacha 35 - 40 g, choziqdumaloq. Posti silliq, yupqa, eti sariq, tami xushxor, suvli. Tarkibida 14 - 16% qand, 0.8% kta, 60.38 mg% vitamin S bor. Danagidan qiyinroq ajraladi. Danagi yirik, magzi shirin.

Kochati otqazilgach, 5 - 6yili hosilga kiradi. Sovuqqa chidami ortacha. Nam bilan yetarli taminlangan tuproqlarda yaxshi hosil beradi. 10 - 12 yoshida daraxtidan 30 - 55 kg, 20 - 25 yoshida 60 - 70 kg hosil olinadi. Mevasi xolligicha yeyiladi, murabbo, kompot, turli konservalar qilinadi, sharbat tayyorlanadi. Ozbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.