ⓘ Ruhoniy - diniy lavozimda xizmat qiluvchi, dinni targib etuvchi kishi, din peshvosi. Ruhoniy buddizm, iudaizm, xristianlik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarda ..

                                     

ⓘ Ruhoniy

Ruhoniy - diniy lavozimda xizmat qiluvchi, dinni targib etuvchi kishi, din peshvosi. Ruhoniy buddizm, iudaizm, xristianlik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarda mavjud. Ruhoniy monoteistik dinlar kelib chiqishi bilan paydo bolgan. Kohinlar Ruhoniylarning otmishdoshi hisoblanadi. Ruhoniylarning oliy tabaqasiga xudoning yerdagi noibi yoki xudoning unda mujassam bolishi deb etiqod qilinadi.

Pravoslav cherkovida Ruhoniylar qora Ruhoniylar monaxlik turmush tarzini qabul qilganlar va oq Ruhoniylarga bolinadi. Rus pravoslav cherkovida Ruhoniylar moddiy jihatdan cherkov qavmlari tomonidan taminlanadi. Ular diniy seminariya va akademiyalarda tayyorlanadi.

Islom dini endigina yoyilayotgan davrda davlat va diniy jamoa birbiridan ajralmagani uchun maxsus Ruhoniy bolmagan. Mamuriy-siyosiy ishlar bilan shugullangan kishilar Ruhoniylar vazifasini ham bajargan. Malum vaqt otgandan song Ruhoniylar qatlami vujudga kelgan va tabaqalanish boshlangan. Sunnishikda oliy ruhoniy muftiy hisoblanadi, shialikda oyatulloh, hujjat alislom, shayx ulislom va h.k. Shariat ishlarini boshqaruvchi faqih, qozi, alam va boshqa, dare beruvchi mudarrislar ham Ruhoniylar tabaqasiga kiradi. Ozbekistonda islom dini uchun ruhoniy kadrlar Toshkent islom instituti, Mir Arab madrasasi va boshqa turli diniy bilim yurtlarida tayyorlanadi. Ruhoniy jamiyatning manaviy hayotiga muayyan tasir korsatadi.

Keyingi paytlarda "Ruhoniy" atamasi islomdan boshqa din arboblariga qollaniladigan boldi. Islomda bu soz ornini ulamo sozi egallagan.