ⓘ Ryukyu, Nansey - Yaponiyadagi orollar arxipelagi, Kyusyu va Tayvan o.lari oraligida. Sharqiy Xitoy dengizini Tinch okeandan ajratib turadi. Shim.sharqsan jan.ga ..

                                     

ⓘ Ryukyu

Ryukyu, Nansey - Yaponiyadagi orollar arxipelagi, Kyusyu va Tayvan o.lari oraligida. Sharqiy Xitoy dengizini Tinch okeandan ajratib turadi. Shim.sharqsan jan.garbga yoy shaklida 1200 km masofaga chozilgan. R. 98 orolni oz ichiga olgan 6 ta yirik orollar guruhidan iborat. Umumiy maydoni 4.8 ming km². Yirik orollari - Okinava va Amami. Orollarning jan.sharqiy qismi asosan, mezozoyning karstli ohaktoshlaridan, shim.garbi vulkan jinslaridan tuzilgan. Seysmik faol zona, tez-tez zilzila bolib turadi, 3 ta harakatdagi va bir nechta songan vulkan bor. Yer yuzasi plato va past toglardan, shuningdek, past sohilboyi terrasalaridan iborat. Eng baland joyi 1935 m. 29° sh.k.dan janubda orollar marjon riflari bilan oralgan. Fosforit va toshkomir konlari bor. Iklimi shim.da subtropik, jan.da tropik, mussonli, vaqtvaqti bilan tayfunlar boladi. Ortacha temperatura yanvarda 14 - 18°, iyulda 27 - 28°. Doim yashil tropik ormonlar bor. Sholi, batat, shakarkamish ekiladi. Baliq ovlanadi. Shoyi toqiladi. Eng katta shahri - Naxa.