ⓘ Ryazan - RFdagi shahar, Ryazan viloyati markazi. Oka daryosi boyida. Yirik pristan. Temir yol tuguni. Aholisi 533.1 ming kishi. Mashinasozlik i.ch. birlashmalar ..

                                     

ⓘ Ryazan

Ryazan - RFdagi shahar, Ryazan viloyati markazi. Oka daryosi boyida. Yirik pristan. Temir yol tuguni. Aholisi 533.1 ming kishi. Mashinasozlik i.ch. birlashmalari, avtomobil agregatlari, avtomobil apparaturasi, elektron priborlar, hisoblashanalitik mashinalar, isitish priborlari, neftni qayta ishlash, kimyoviy tola, kartonruberoid zdlari, qurilish materiallari i.ch., oziq-ovqat, yengil va yogochsozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 ilmiy tadqiqot instituti, 4 oliy oquv yurti, 3 teatr, tarixiymemoriy muzeyqoriqxonasi, badiiy muzey, I.P.Pavlov uymuzeyi bor. R. yilnomalarda birinchi marta 1095 yildan tilga olingan. Dastlab Ryazan knyazligi markazi R. deb atalgan va hozirgi R.dan 50 km jan.sharqsa bolgan. Shahar 1237 yilda mogullar tomonidan vayron qilingan. 14-asr ortalarida knyazlik markazi Pereyaslavl - Ryazanskiy shahriga kochirilgan. Shahar 1778 y. dan R. deb atala boshlagan. 1778 - 1929 yillarda Ryazan gubernyasi markazi. 19-asr ortalarida R.da choyan quyish hamda yog korxonalari va boshqa qurilgan. 1929 - 30 yillarda R. Moskva viloyati okrug markazi, 1937 yildan viloyat markazi. Memoriy yodgorliklardan Kreml ansambli tarkibida: Xristorojdestvenskiy, Arxangelskiy, Uspeniye soborlari, Arxiyepiskop palatalari, Spas monastiri majmui, 17-asrga oid bir qancha cherkovlar, klassik uslubdagi binolar, kasalxonalar, savdo rastalari va boshqa saqlangan.