ⓘ Sabab va oqibat - narsa va hodisalar ortasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida ozidan boshqa yana bir hodisani keltirib ch ..

                                     

ⓘ Sabab va oqibat

Sabab va oqibat - narsa va hodisalar ortasidagi umumiy zaruriy aloqani ifodalovchi tushunchalar. Hodisalar zanjirida ozidan boshqa yana bir hodisani keltirib chiqaradigani sabab, paydo bolgan hodisa esa oqibat deyiladi.

S. va o. ortasidagi aloqadorlik sababiyat sanaladi. Sabab, birinchidan, vaqt jihatdan oqibatdan oldin keladi, ikkinchidan, oqibatni tugdiruvchi, yani oqibatning vujudga kelishida zaruriy shart bolib xizmat qiladi. Mac, farzandning sababchisi ota-ona. Farzand ota-onadan ilgari dunyoga kelishi mumkin emas, yani ota-ona shu farzandning vujudga kelishidagi zaruriy shart hisoblanadi. Sabablar turli korinish, shakl va holatlarda namoyon bolishi mumkin. Falsafa tarixida narsa va hodisalar ozaro sababiy boglanishda deb biluvchilar deterministlar qarang Determinizm, buni inkor etuvchilar indeterministlar qarang Indeterminizm deb ataladi. Sababning asosiy va asosiy bolmagan, tashki va ichki, obyektiv va subyektiv shakllari bor. Sabab oqibatni vujudga keltirganidek, oqibat ham sababga tasir korsatishi mumkin. S. va o. aloqadorligi boyicha Aristotel, Forobiy, Ibn Sinolar maxsus asarlar yozishgan. Diniy talimotlarda esa, birlamchi sabab yoki hamma narsaning sababchisi xudo deb takidlanadi.