ⓘ Sabzavot - rezavor va poliz ekinlari va ularning ovqatga ishlatiladigan mahsuli. S.lar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. S. tabiiy yoki qayta ish ..

                                     

ⓘ Sabzavot

Sabzavot - rezavor va poliz ekinlari va ularning ovqatga ishlatiladigan mahsuli. S.lar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. S. tabiiy yoki qayta ishlangan holida istemol qilinadi. S.larning barchasi oziklik, dorivor va parhez xususiyatiga ega. Ovqatga va yangiligida istemol qilish uchun S.larning mevasi, yosh novdasi, ildizi, ildizmevasi, tuganagi, urugi, topguli, bargi va boshqa ishlatiladi. Insonning bir kunlik ovkat ratsionida S. 600 g ni tashkil etishi kerak. S.ning tarkibi va ozuqalik sifati mahsulot turiga, yetishtirish sharoitiga va saqlanishiga qarab ozgarib turadi. Shuning uchun ularni koproq yangiligida istemol qilinadi. S. mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar - kraxmal, qand, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi. S. tarkibida qand, organik kislotalar, xushboy moddalar, kul elementlari, vitaminlar bor. S. tarkibida moy bolmaydi, oqsil kam miqdorda, suv 65 - 96% ni tashkil qiladi. Shu sababli ularning energetik qimmati unchalik yuqori emas. Ammo S.da biologik faol birikmalar, mikroelementlar ham mavjud. S.larning muhim fiziologik xususiyatlari ularning ishtahani qozgatishi, boshqa mahsulotlarning hazm bolishini yaxshilashidir. Ozbekistonda S.larning barcha turlari mart oyidan to kech kuzgacha, qishbahor fasllarida da yetishtiriladi. Ayrim S.lar qayta ishlanganda yoki ovqatga solinganda vitaminlar va xushtamlik xususiyatlari birmuncha yoqoladi. Tuzlash, marinadlash, tez muzlatish, vakuumda quritishda vitaminlar va boshqa moddalar koproq saqlanib qoladi.

Abdunabi Hakimov.