ⓘ Sabzavot poliz ekinlari kartoshkachilik instituti, Ozbekiston sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti - Orta Osiyoda sabzavotchilik, ..

                                     

ⓘ Sabzavot poliz ekinlari kartoshkachilik instituti

Sabzavot poliz ekinlari kartoshkachilik instituti, Ozbekiston sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti - Orta Osiyoda sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohasidagi eng yirik ilmiy va metodik markaz. Ozbekiston Qishloq va suv xojaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xojaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida. 1960 yilda VASXNIL Orta Osiyo filiali tarkibidagi Ozbekiston sabzavot va kartoshka ekinlari tajriba stansiyasi bazasida mustaqil ilmiy tadqiqotlar instituti sifatida tashkil etilgan. 1992 yildan hozirgi nomda. Toshkent viloyati Toshkent tumani Koksaroy qishlogida joylashgan. Institutda 9 laboratoriya: sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasi, urugchiligi; osimliklarni himoya qilish; agrokimyo; kartoshka ekinlari seleksiyasi va urugchiligi; biotexnologiya; osimliklar fiziologiyasi va sifati; qishloq xojaligi iqtisodiyoti va uni tashkil qilish; sabzavotpoliz ekinlari va kartoshka yetishtirish texnologiyasi; himoyalangan maydon sabzavot chiligi mavjud. Institut tarkibida Markaziy tajriba xojaligi va respublikaning turli tuproq-iqlim mintaqalarida joylashgan Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida tayanch bolimlari bor. Tajriba xojaligi va tayanch bolimlarining barcha sugoriladigan yer maydoni 800 ga dan ortiq. Institutda respublikamizning turli tuproqiqlim sharoitiga mos sabzavotpoliz osimliklarining 25 ga yaqin turi boyicha seleksiya, urugchilik, kartoshka urugligini yetishtirish ishlari olib boriladi. Otgan davr mobaynida institut olimlari tomonidan 150 dan ortiq sabzavot-poliz ekinlari navlari yaratilib, ulardan 96 nav Davlat reyestriga kiritildi.

Ozbekistonning issiq iqlim sharoitida kartoshkaning ertagi va kechki muddatda istemol uchun va uruglik maqsadida yetishtirish, yani mahalliy nav yaratish, tuganaklarning aynib ketishini bartaraf etish, navlar boyicha mintaqalarda joylashtirish, ekish muddatlarini anikdash, yuqori hosil olish texnologiyasi ishlab chikildi. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarida uchraydigan zararkunanda va kasalliklar biologiyasi organilib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqarishga keng joriy qilindi. Institut Pokiston, AQSH, Koreya, Gollandiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Qozogiston davlatlarining ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Institut faoliyati olimlardan G. O. Zeman, A. K. Karimov, V. N. Yermoxin, P. N. Dudko, M. N. Kulakova, K. Yusupov, N.

G. Kuznetsova, O. Ya. Fonina, V. Ya. Volkov, A. A. Abdukarimov, S. K. Qochqorov, N. R. Bakuras, A. S. Shchukina, A. Obidov, A. B. Boqiyev, A. S. Hakimov va boshqa nomlari bilan bogliq. Institutda R.A. Haqimov, A. M. Abbosov, X. 3. Umarov, Ye. V. Yermolova, M. X. Aromov, V. V. Brejneva, A. I. Rasulov va boshqa dolzarb muammolar ustida tadqiqotlar olib bormoqdalar. Institut 400 dan ortiq, shu jumladan 40 ta xalqaro korgazmalarda ishtirok etgan. Institutda aspirantura, muzey, ilmiy kutubxona bor.