ⓘ Sabzavotchilik 1 dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugullanadigan tarmogi. S. dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qil ..

                                     

ⓘ Sabzavotchilik

Sabzavotchilik 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugullanadigan tarmogi. S. dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qiladi, jumladan, S.da ekinlar ochiq va himoyalangan yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan yerdagi Ska bolinadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda sabzavot hamda urug, yopiq yerlarda sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda osimlikning osishi va rivojlanishi uchun jami omillar suniy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtirish imkoniyatini yaratadi. S.da yetishtiriladigan ekinlar turining kopligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Ozbekistonda 70 ga yaqin turdagi S. ekinlari yetishtiriladi va qishloq xojaligida salmokli orinni egallaydi. Orta Osiyoda qovunning 2000 yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va boshqalarning undan ham ilgari ekilgani malum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi ozgarib bordi. Mas, 19-asrning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va boshqa kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.

Ozbekistonda S. 20-asrning 30y.laridan boshlab keskin rivojlandi, ekiladigan ekin turlari va maydoni kopaydi. 1934 yilda Orta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi. 1940 yilda sabzavot ekinlari maydoni 25.3 ming ga, yalpi hosili 315.2 ming t., hosildorligi 125 s/ga ni tashkil etdi.

Urushdan keyingi yillarda katta shaharlar va sanoat markazlariga yaqin yerlarda ixtisoslashgan yirik S. xojaliklari tashkil etildi, S.ni mexanizatsiyalash muammolari hal qilindi, himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish maydonlari kengaydi, kombinat tipidagi yirik issiqxonalar qurilishi boshlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon va boshqa shaharlarda sabzavotlarni kayta ishlash sanoati barpo etildi.

1960 yilda Orta Osiyo sabzavotchilik tajriba stansiyasi negizida Ozbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. instituti ish boshladi. Sabzavotchilikga yuqori sifatli mahsulot beradigan, hosildor, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli muddatlarda pishadigan sabzavot ekinlarining yangi navlari joriy etildi. Sabzavot ekinlari urugchiligi va urugshunosligi yolga qoyildi.

1980 y. ga kelib Ozbekistonda sabzavot ekinlari maydoni 104.3 ming ga, yalpi hosili 2459.1 ming t., hosildorligi 221 s/ga ni tashkil etdi.

21-asr boshidan Ozbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar istemolining fiziologik normalarini taminlash maqsadida S. jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, S. bilan shugullanadi. Shirkat, dexdon va fermer xojaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida ertagi sabzavotlarni yetishtirish yolga qoyilgan. Respublikaning jan. viloyatlarida ertagi sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormokdi. S.da chet el navlari va tajribalari keng qollanilmoqda. 2000 yilda Ozbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130.4 ming ga, yalpi hosili 2637.3 ming t, hosiddorligi 173.1 s/ga boldi.

Chet ellarda S. qishloq xojaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sharqiy Yevropada - Bolgariya, Vengriya, Ruminiyada rivojlangan, bu yerda yetishtiriladigan sabzavotlarning aksariyat qismi eksport qilinadi. Italiya, Niderlandiya asosan, yopiq yerlarga ekish rivojlangan, Ispaniya, Fransiya jon boshiga yillik sabzavotlar istemoli 150–200 kg ni tashkil etadi, Buyuk Britaniya, GFR, Polsha va boshqa mamlakatlarda S. katta maydonlarni egallaydi. S. AQSH, Yaponiya, Xitoy, Meksika, Afrika mamlakatlarda muhim orinda turadi.

2) Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish usullarini organadigan, sabzavot mahsulotlari yetishtirish intensiv texnologiyalarini ishlab chiqadigan fan. Ozbekistonda Ska oid i.t. ishlari Ozbekiston sabzavot, poliz ekinlari, kartoshkachilik institutida, Ozbekiston osimlikshunoslik instituti, Samarqand qishloq xojaligi instituti, Toshkent davlat agrar universitetida olib boriladi. Bu i.t. va oquv muassasalarida koplab mahalliy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan sabzavot, poliz ekinlari namunalari organiladi va kolleksiyalari saqlanadi. Ozbekiston ilmiy muassasalarida olimlar 1990 - 2002 y. davomida sabzavot ekinlarining jami 100 dan ortiq nav va duragaylarini yaratdilar. Bu navlarning kopchiligi respublikadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda.

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohalarini organish va rivojlantirishga P.P. Shreder, N.N.Balashev, N. S. Bakuras, K.I.Pangalo, A.K. Karimov, V.I.Zuyev, Ye.V.Yermolova, A.S. Shchukina, S.Q.Qochqorov, B.J.Azimov, A.B.Boqiyev, A.SHakimov, A.M. Abbosov, X.Z. Umarov, D.T.Abdukarimov, O.Ya.Fokina, I.Esanov, A. Nuritdinov va boshqa ilmiy ishlari bilan, shuningdek, seleksionerlar A. Obidov kartoshka, K. Yusupov pomidor va xalq seleksionerlari Orinboy Karimjonov, Matvafo Yusupov, Abdasxon Aligavharov kabilar amaliy yutuklari bilan katta hissa qoshgan. S. uchun oliy va orta maxsus malumotli mutaxassislar Toshkent davlat agrar unti va qishloq xojaligi kollejlarida tayyorlanadi.