ⓘ SABAI SAYYOR - Hamsa ning tortinchi dostoni, ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob. Sharkda keng tarqalgan Bahrom Gor afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hu ..

                                     

ⓘ Sabai sayyor

"SABAI SAYYOR" - "Hamsa" ning tortinchi dostoni, ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob. Sharkda keng tarqalgan "Bahrom Gor" afsonasi asosida. Afsona Eronning sosoniy hukmdori Chyaraxran V nomi bilan bogliq. U gor - qulon oviga ochligi uchun Bahrom Gor nomi bilan mashhur. Afsonani yozma adabiyotga, dastlab Firdavsiy olib kirgan. Song Nizomiy, Hisrav Dexlaviy va boshqa shu mavzuda asarlar yozganlar. Navoiy bu tajribalarni umumlashtirib, mukammal original doston yaratgan. Doston Sharqda "Bahrom va Gulandom", "Bahromnoma", "Haft manzari Bahrom" nomlari bilan shuhrat qozongan. "Sabai sayyor" ananaga kora, hamd, munojot va nat bilan boshlangan, song voqealar bayon etilgan. Mundarijasi "Hamsa"dagi boshqa dostonlardan farq qiladi; hikoya ichida hikoya usulida yozilgan. Bahrom va Dilorom voqeasi asarda qoliplovchi hikoya bolib, uning ichida yana 7 hikoya keltirilgan. Ular asarning umumiy yonalishi bilan chambarchas boglanib, yaxlit bir badiiy asarning uzviy qismlarini tashkil etadi. Ayni vaqtda hikoyaning har biri mustaqil hisoblanadi va mavzular davrning, xalq turmushining muhim tomonlarini qamrab oladi; xalq hayoti, tinchlik va osoyishtalik, adolat va vatanparvarlik, sevgi va marifat goyalari ilgari suriladi, munofiklik va zolimlik qoralanadi.

Bahrom - 7 iqlim shohi. Ovda uni izlab kelayotgan Moniyni uchratadi. Moniy xitoylik gozal Dilorom haqida xabar beradi, ozi chizgan qizning suratini korsatadi. Shoh suratni korib telbalarcha oshiq boladi. Xitoyning 1 yillik xirojini tolab, qizni saroyga keltiradi. Shoh qizga butunlay mahliyo bolib, mamlakat ishlarini unutadi. Mastlik bilan sevgilisidan ham ajraladi, song uzlatga beriladi. Undagi savdoyilikni daf etmoq uchun 7 iqlim shohi 7 rangdagi 7 qasr qurdiradi. Baxrom ularning har birida har kuni 1 musofirdan hikoya tinglaydi, tuzala boshlaydi. Nihoyat 7-kun oq qasrda Diloromning daragini eshitadi va uni topadi. Yana ovga, ayshishratga beriladi va navbatdagi ov paytida butun arkoni davlati bilan yer yutadi.

Navoiy Bahrom obraziga juda katta mano-mazmun yuklagan. Uning timsolida oshiqlik va shohlikning bir tanga sigmasligini korsatgan. Navoiy asar voqealarini Xurosonu Movarounnaxr hayoti bilan boglashga harakat qilib, qissaga turkona ruh bergan. "Sabai sayyor" voqealari, qahramonlarining xatti-harakatlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Navoiydan song ogzaki va yozma adabiyotda "Sabai sayyor"ning bir necha variantlari yaratildi.

Nashri: Sabai sayyor, T., 1956, 1977.

Begali Qosimov.

                                     

1. Manbalar

Andoza:Manbal " ar

"- ⅞ < i n c l u d e o n l y > < n o i n c l u d e > s t u b < / n o i n c l u d e > < / i n c l u d e o n l y > {\displaystyle {stub} }"