ⓘ Sadr - 1 motam odati. Maxsus kuy bilan ijro etilgan. Aksariyat yigit, kelinchak, voyaga yetgan qiz vafot etganda 1 - 7 kunlari qirqigacha dam-badam otkazilgan. ..

                                     

ⓘ Sadr

Sadr - 1) motam odati. Maxsus kuy bilan ijro etilgan. Aksariyat yigit, kelinchak, voyaga yetgan qiz vafot etganda 1 - 7 kunlari "qirqi"gacha dam-badam otkazilgan. Unga taziya uchun ayollar katnashgan. Motamzadalar - marhumning yaqinlari ortaga tushganlar va goh old-orqaga, goh ikki yonga sollanib tasirli iboralar aytib, marhumni eslaganlar. Mas, er vafot etganda marhumning xotini erining doppisini kiyib, belbogini boglab, yelkasigi choponini tashlagan holda ortaga tushgan. Motamzadalar har bir bayt yoki iborani aytganda davradagilar ikki yonga sollanib "Huv! Huv!" degan ovoz chiqarib turganlar. Yigi sozlarini goyanda, bazi joylarda marhumning yaqinlari aytgan. S. oxirida marxum xotirasiga fotiha oqilgan; 2) malum doira usuli va unga mos cholgu kuylar nomi. "Shodiyona" kuylar turkumining 5-qismi ham S. deb ataladi. Maqomlar asosida yaratilgan Sadri Dugoh murakkab chapandoz doira usulida ijro etilib, Buzrukdagi Talqinchai Navrozi Sabo shoxobchasiga ohangdosh. Xorazmda mashhur dutor maqomlaridan biri esa Sadri Iroq deb ataladi; 3) Zikrning eng joshga kelgan holat; jazava ham S. deb ataladi.