ⓘ Sadri jahon - 1213-asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. Kitobi mullazoda asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar ..

                                     

ⓘ Sadri jahon

Sadri jahon - 1213-asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan burhonlar xonadoni unvoni. "Kitobi mullazoda" asarining muallifi Ahmad ibn Mahmudning yozishicha, burhonlar xonadoniga Abdulaziz ibn Umar asos solgan. Sadri jahon unvoni unga sulton Sanjar tomonidan berilgan. Abdulaziz ibn Umar vafotidan song bu lavozim ogli, keyinchalik nevaralariga berilgan. Ularning avlodlari 1207 yilgacha Buxoroda mustaqil hukmronlik qilgan. Songgi Sadri jahon Burhoniddin Muhammad ibn Ahmad osha yili Muhammad xorazmshoh tomonidan mansabdan tushirilgan. Burhonlarning ayrim namoyandalari ilgarigidek nufuzga ega bolmasalarda, imtiyozlari mogullar davrida ham saqlanib qolgan. Ular vaqf yerlarni nazorat qilishgan; oz yerlari, savdohunarmandchilik korxonalari bolgan, karvon savdosi bilan shugullanishgan. 13-asrda Malik Sanjar Sadri jahonlarga qarshi xalq qozgolonini boshqargan.