ⓘ Saidrizo Alizoda - marifatparvar olim, jurnalist, tarjimon. Asarlarini, asosan, ozbek va tojik tillarida yozgan. Ilk tahsilni Samarqandning Chorraha dahasida Ab ..

                                     

ⓘ Saidrizo Alizoda

Saidrizo Alizoda - marifatparvar olim, jurnalist, tarjimon. Asarlarini, asosan, ozbek va tojik tillarida yozgan. Ilk tahsilni Samarqandning Chorraha dahasida Abulqosim Alganjiyning jadid maktabida olgan. Sung shu murabbiy qolida madrasani tugatgan. 1924 yildan "Zarafshon" nashriyotida mudirlik qilgan. 30y.larda Samarqand Pedakademiyasida arab va fors tillaridan dars bergan. Mustaqil mutolaa bilan shugullanib, rus, fransuz, arab, italyan, yahudiy, kurd, arman, ingliz, urdu tillarini urgangan. 17 - 18 yoshlaridayoq "Nizomnoma", "Risolat ulittihodiya" kabi risolalari bilan tanilgan. Ayni paytda 1905 - 07 yillarda Dimurovlar bosmaxonasida harf teruvchilik qilgan, maqolalar yozgan. Jadid maktablari uchun "Ilmi hisob" darsligini tuzgan. Maqolalari "Bahlul", "Zambur", "Korgar", "Sitamdiyda", "Mulla Jambul", "Ranjbar", "Bogishamoliy" kabi taxalluslar bilan bosilgan. 1913 - 15 yillarda Behbudiyning "Oyna" jur.da yaqindan hamkorlik qilgan. 1917 - 20 yillarda ozbek va tojik maktablari uchun "Alifbe" kitoblari tuzib nashr ettirgan. "Baxt asri" romani ham bor. Pushkin, Lev Tolstoy, Mopassan, Qodiriy asarlarini tojikchaga tarjima qilgan. Samarqand shahrida uy-muzeyi bor, maktab, kocha, mavze uning nomi bilan ataladi.

1937 yilda kamalgan va siyosiy mahbuslikda vafot etgan.

Begali Qosimov.