ⓘ Sayfiddin Boharziy - kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mutasavvif va shayx, Xorazmda Najmiddin Kubrodan tasavvuf talimotini organgan va uning xalifasi ..

                                     

ⓘ Sayfiddin Boharziy

Sayfiddin Boharziy - kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mutasavvif va shayx, Xorazmda Najmiddin Kubrodan tasavvuf talimotini organgan va uning xalifasi sifatida keyinchalik Kubroviylik tariqatini rivojlantirishga xissa qoshgan. S. B.dan Kubroviylikning hind shoxobchasi - Firdavsiya boshlanadi.

Hirot va Nishopur madrasalarida tahsil olgan. Makka va Madinaga safar qilgan. Keyinchalik Xorazm va Buxoroda muqim yashagan.

Abdurahmon Jomiyning yozishicha, S. B. Kubro tomonidan Buxoroga yuborilgan va bu yerda 40 yildan ortiq yashagan. U mogullar bosqiniga qattiq qarshilik korsatgan. S. B. ning xalq ortasidagi kuchli nufuzidan chochigan mogul hukmdorlari u bilan hisoblashishga majbur bolishgan. "Tarixi Banokatiy" 15-asr asarida keltirilishicha, mogul xoqonlari Munkexon 1251 - 60, Hulaguxon 1256-65, Xubilayxon 1260-94larning onasi - Suyurkoktani beka Tuluyning bevasi Buxoroda Xoniya madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda kop qishloqlarni vaqf qilgan hamda shayx S.B. ni mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda shayxning orni katta bolgan. Oltin Orda xoni Berkaxon ham unga etiqod qilib Buxoroga kelgan va pirga murid tushib, Islom dinini qabul qilgan 13-asrning 50y.lari. Berkaxon musulmon bolgach, oziga Barakaxon nomini olgan va Shim. Kavkazdan to Sibirgacha chozilgan ulkan davlati hududida Islom dinini joriy qilib, masjid va madrasalar qurdirgan. Bu voqeadan song S.B.ga "Shayx ul-olam" Olam shayxi unvoni, Buxoro shahriga esa, Buxoroi sharif maqomi berilgan. S. B. arab va fors tillarida "Sharh al asmo al husno" "Allohniug gozal ismlari sharhi", "Risola dar ishq" "Ishq haqida risola", "Voqeai xilvat" "Xilvatdagi voqea", "Ruboiyot", "Roznoma", "Vasiyatnoma" va boshqa asarlar hamda tortliklar yozgan. S. B. Fathobod mavzeida Qarshi darvozasi roparasida dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan qarang Sayfiddin Boharziy maqbarasi.

                                     

1. Adabiyot

  • Alisher Navoiy, Nasoyim ul muhabbat Mukammal asarlar toplami, 20 j.li, 17j., T., 2001; Trimingem Dj., Sufiyskiye ordena v islame, M., 1989; Gafurova R. L., Kitobi Mullazade, T., 1992; Buxoro Sharq durdonasi, T., 1997.