ⓘ Salomatlik instituti - Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga qarashli muassasa. 2001 yil 1 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Salomatlik institu ..

                                     

ⓘ Salomatlik instituti

Salomatlik instituti - Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligiga qarashli muassasa. 2001 yil 1 aprelda Toshkentda tashkil etilgan. Salomatlik institutining asosiy maqsadi aholi ortasida soglom turmush tarzini shakllantirish, barqarorlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport harakatlarini profilaktik tibbiyot bilan uygunlashtirish, salomatlik uchun xavfli bolgan omillarni aniqlash, aholi salomatligini tahlil qilish va shu asosda sogliqni saklash rivojlantirishning bosh yonalishini aniqlab berishdan iborat. Institutda 6 bolim, 14 filial, 161 ta tuman, 15 ta shahar va 1 ta Navoiy konmetallurgiya kombinati Salomatlik markazlari mavjud. Institutda 2 fan doktori, professor, 465 vrach, 474 orta tibbiy va boshqa soha mutaxassislari faoliyat korsatadi. Institutda ilmiy ishlar toplami, monografiya va boshqa uslubiy qollanmalar chop etiladi.