ⓘ Salplar - qobiqlilar kenja tipiga mansub sinf. Koloniya bolib erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlari. Voyaga yetgan davrida dumi va xordasi bolmaydi. Tanasi boc ..

                                     

ⓘ Salplar

Salplar - qobiqlilar kenja tipiga mansub sinf. Koloniya bolib erkin suzib yuruvchi dengiz hayvonlari. Voyaga yetgan davrida dumi va xordasi bolmaydi. Tanasi bochkasimon; uzunligi bir necha mm dan 33 sm gacha; qalin shaffof qobiq bilan qoplangan; qobiq orqali ichagi va qalqonsimon muskullari korinib turadi. Ogiz va kloaka teshiklari tanasining qaramaqarshi tomonlarida joylashgan. Halqumida 1 juft jabra yoriklari bor. Halqumi ustida nerv gangliysi va uning ustida yoruglik sezadigan kozchasi joylashgan. Jinssiz va jinsiy kopayishi gallanib turadi. Jinssiz individi kurtaklanib kopayadi; uning qorin tomonidagi bortigida birinketin jinsiy koloniya - blastozoidlar hosil bolib turadi. Blastozoidlar uzun zanjirga oxshab ajralib chiqadi. Ular tuxumdonida faqat 1 ta tuxum yetiladi; undan murtak rivojlanadi. Lichinkasi bolmaydi. 25 turi malum. Kopchilik turlari okeanlarda tarkalgan.