ⓘ Samarqand tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da Yuqori Dargom nomi bilan tashkil etilgan. Shim.dan Oqdaryo, shim.sha ..

                                     

ⓘ Samarqand tumani

Samarqand tumani - Ozbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da Yuqori Dargom nomi bilan tashkil etilgan. Shim.dan Oqdaryo, shim.sharqdan Jomboy, sharqdan Bulungur, jan.dan Urgut, garbdan Nurobod, Pastdargom tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 500 km². Aholisi 305.9 ming kishi. Tumanda 8 qishloq fuqarolari yigini bor. Markazi - Gulobod qishlogi.

Tabiati. Tuman hududi viloyatning jan.sharqiy qismida joylashgan. Zarafshon daryosining chap sohilidagi vodiyda, shim.dan Samarqand shahriga tutash. Tuman asosan, tog oldi relyefiga ega, Ohakli, Mironkol va qisman Sarikol baland tekisliklaridan iborat. Zarafshon daryosi tumanning shim. qismini qoshni Oqdaryo tumanidan ajratib turadi. Ortacha bal. 445 m. Adir, qir va qisman qumli yerlardan iborat. Foydali qazilmalardan toglarda ohaktosh, marmar, granit, gips, slyuda va volfram bor. Iklimi keskin kontinental. Ortacha yillik tra 13.4°. Yanv.ning ortacha temperaturasi 0.2°, iyulniki 25°. Eng yuqori tra 42° - 44°, eng past tra - 26°. Yillik yogin 321 mm. Vegetatsiya davri 215 kun. Tuproklari och tusli boz, otloqi, otloqibotqoq, allyuvial tuproklar. Bu yerlar qadimdan obikor dehqonchilik r-nidir. Tabiiy osimliklardan qamish, savagich, qiyoq, bardi, rovak, bugdoyiq, ajriq, yulgun, shuvoq, yantoq va boshqa osadi. Toglarda archazorlar, pista, irgay, zirk uchraydi, tog otloqlari va yaylovlar bor. Yovvoyi hayvonlar kam qolgan: qushlardan kaklik, bulduruq, qirgiy, lochin, burgut, kalxat va h.k. bor.

Aholisi, asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 612 kishi 2004.

Xojaligi. Tuman xojaligi, asosan, Samarqand sh. aholisini sabzavot va poliz ekinlari, bog, tokzor, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari bilan taminlashga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Samarqand tumanida 828 xususiy korxona bolib shulardan 88 tasi yirik, 27 tasi orta, 93 tasi kichik va 620 tasi mikrofirmadir. Ular savdo, umumiy ovqatlanish, kiyim tikish, poyabzal, teleradioapparatura, avtomobil va mebellarni tamirlash, maishiy xizmat korsatish bilan shugullanadi.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi - dehqonchilik. Tumanda 9 shirkat va 1 jamoa, 419 fermer, 2 xususiylashtirilgan chorvachilik fermer xojaliklari mavjud. Sugoriladigan yerlar 17.8 ming ga, shundan 7.8 ming ga yerga donli ekinlar, 4.9 ming ga yerga paxta, 2 ming ga yerga sabzavot, 2.9 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi, shuningdek, kartoshka, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Xojaliklari Chap Qirgoq, Magistral, Dargom kanallari va Zarafshon daryosidan suv oladi. Tumanda qoramol, qoy va echki, parranda boqiladi.

Samarqand tumanida 2002/2003 oquv yilida 66 umumiy talim maktabida 55 mingdan ziyod oquvchi, 3 orta maxsus oquv yurtida 1270 oquvchi talim oldi. 78 kutubxona, madaniyat uylari, 73 sport maydoni, Ogaliq togi soylari atroflarida dam olish maskanlari bor. Tumanda 6 kasalxona, 10 davolash muassasasi, 17 feldsherakusherlik punkti, 15 qishloq vrachlik punkti mavjud bolib, ularda 222 vrach ishlamoqda.

1947 yildan tuman "Sharq tongi" gaz. nashr qilinadi adadi 1000.

                                     
  • Samarqand viloyati - O zbekiston Respublikasida birinchi tashkil bo lgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat
  • Gulobod ruscha: Гюлабад - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati Samarqand tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan. ПОСТАНОВЛЕНИЕ
  • Pastdarg om tumani - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatilagi tuman. 1926 - yil 29 - sentyabrida tashkil etilgan. 1929 - 38 yillarda Akmal Ikromov tumani deb
  • Samarqand - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qadimiy shahar. Viloyatning ma muriy, iqtisodiy va madaniy markazi 1938 yildan 1925 - 30 yillarda
  • Samarqand ruscha: Самарканд - O zbekiston Respublikasi Farg ona viloyati Bag dod tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan.
  • Samarqand ruscha: Самарканд - O zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Nishon tumaniga qarashli shaharcha. 2009 - yilda shaharcha maqomi berilgan
  • G allaorol tumani sharqda Baxmal tumani g arbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani janubi - garbda Toyloq tumani jan.da Urgut tumani va jan.sharqda
  • Urgut tumani - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 - yil 29 - sentabrda tashkil etilgan. Viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan
  • Kattaqo rg on tumani - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 - yil 28 - sentabrda tashkil etilgan. Shim.dan viloyatning Ishtixon, janubi - sharqdan
  • Nurobod tumani - O zbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida joylashgan tuman. Norobod tumanining markazi Nurobod shahri. Jabuni - g arbdan Qashqadaryo
  • Payariq tumani - O zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan markazi Chelak qishlog i bo lgan 1953