ⓘ Sarez koli - Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyati hududidagi kol. Pomirda, Shim. Alichur va Muzqol tizmalari orasida, 3239 m balandlikda joyl ..

                                     

ⓘ Sarez koli

Sarez koli - Tojikiston Respublikasi Togli Badaxshon muxtor viloyati hududidagi kol. Pomirda, Shim. Alichur va Muzqol tizmalari orasida, 3239 m balandlikda joylashgan. Maydoni 79.6 km², suv sigimi hajmi 16.07 km³, uz. 55.8 km, keng joyi 3.3 km. Ortacha chuq. 190 m gacha, eng chuqur joyi 500 m. 1911 yildagi zilzila oqibatida Murgob daryosining chuqur vodiysini Usoy qishlogi yaqinida tog jinslari tosib qoyishi natijasida paydo bolgan. Orta Osiyodagi eng katta uyumli suv havzasi. Suv toplash maydoni 18 ming km². Murgobdan tashqari kolga 16 doimiy va 20 dan ziyod vaqtincha suv oqimlari quyiladi. Asosan, muz suvlaridan toyinadi. Kol ga quyiladigan ortacha kop yillik suv miqdori 1.48 km³. Uyum orqali suvning sizib otishi sodir bolmoqda. Buloklar korinishida suvning koldan kop yillik ortacha oqib chiqish miqdori 1.46 km³ni tashkil qiladi. Suvi chuchuk. Kol sathi ozgarib turadi. Keyingi 60 yil mobaynida suv sathining ortacha osishi yiliga 20 sm ni tashkil qildi. Yil orasidagi suv sathi ozgarishining eng katta amplitudasi 12 m, eng kami 2 m ni tashkil qiladi. Kol suvi dekabr oxiri - yanvarning 1-yarmida muzlaydi, mart oxiri - may boshlarida muzdan boshaydi.

                                     

1. Adabiyot

  • Agaxanyans O. Ye., Sarez, L., Gidrometeoizdat, 1989; Glazirin G.Ye., Nikitin A. M., Shchetinnikov A. S., Vodniy balans Sarezskogo ozera, Tr. SANIGMI, 1986, Vip. 113 194; Gronskaya G. P., Ivanov Yu.N. va boshqa, Gidrologicheskoy rejim Sarezskogo ozera, Tr. GGI, 1977, Vip. 246; Aslov SM., Gorelkin N. Ye., Gidrometeorologicheskiy monitoring Sarezskogo ozera, T., Izd. otdel SANIGMI, 2002.